Virusolog “korona” infeksiyasining jaziramada tarqalishi xavfini baholadi

© AP PhotoIzobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV
Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik virusolog koronavirus infeksiyasining jazirama ob-havoda tarqalishi xavfini baholadi. Mutaxassis epidemiologik vaziyat o‘zgarishini bashorat qildi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Altshteyn yozda mamlakatda epidemiologik vaziyat qanday o‘zgarishini tushuntirdi.

Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya tez orada tugaydi degan fikrni unutinglar – Xitoy virusologi

Virusolog koronavirus infeksiyasining tarqalishi sekinlashadi, deb taxmin qildi, ammo bu COVID-19 qo‘zg‘atuvchisiga issiqlik va quyosh nurlanishining ehtimoliy salbiy ta’siri bilan bog‘liq emas.

“Issiqlik yoki quyosh nuri ichimizdagi virusni yo‘q qilishi sababli emas. Balki yoz mavsumida odamlarning immuniteti kuchliroq bo‘ladi, ular bir-birlaridan uzoq masofa saqlashlari mumkin, qishda bo‘lgani kabi binolarda to‘planmaydi. Yozda epidemiya kamayishini kutamiz”, - dedi olim.

BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,5 million kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan, 245 mingga yaqin kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0