O‘zbekistonda COVID-19: bugungi kun asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLaboratoriya "Invitro" nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu
Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda O‘zbekistonda yangi koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2231 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bugun, 6-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2231 nafarni tashkil qilmoqda.

Statsionarniy post dps na Drujbe narodov - Sputnik O‘zbekiston
Karantin choralari yengillashtiriladigan hududlar alohida belgilanadi

SSV ma’lum qilishicha, shifoxonalarda davolanayotgan bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Tuzalish dinamikasi

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1577 nafarga yetdi.

Bugun hozircha Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro, Xorazm va Samarqand viloyatlarida jami 76 nafar bemor tuzaldi. Ular orasida 78 yoshli otaxon ham bor.

“Qizil” hudud

Namangan va Samarqand “qizil” — yuqori xavfli hududga kiritildi. Hozircha bu hududlarda karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Namangan viloyatida 6-may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Sentr Andijana - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda karantin choralari yumshatilmoqda

Koronavirusdan o‘lim holati bo‘yicha esa (4 ta) Namangan Toshkentdan so‘ng (5 ta) ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Samarqand viloyatida ham bemorlarning atigi 23 foizi tuzalgan, xolos.

COVID-19 dunyo bo‘ylab tarqalishi

BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 3,5 million ziyod kishi yangi koronavirusni yuqtirib oldi, 243 ming kishi bu infeksiyadan vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0