Shimoliy Koreya Kim Chen Insiz: Eng yopiq mamlakatni nimalar kutmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KXDR rahbari komaga tushgani yoki hatto o‘lgan degan mish-mishlar shanba kuni paydo bo‘ldi. Ammo Shimoliy Koreya yetakchisi birinchi marta “o‘layotgani” yo‘q, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

TOShKENT, 28 apr - Sputnik, Sofya Melnichuk. KXDR rahbari komaga tushgani yoki hatto o‘lgan degan mish-mishlar shanba (25 aprel) kuni paydo bo‘ldi. Ammo Shimoliy Koreya yetakchisi birinchi marta “o‘layotgani” yo‘q. Eng asosiysi esa bu ma’lumotlarning ishonchliligida emas. Kim Chen Inning to‘satdan vafot etgan taqdirda nima bo‘lishini, uning vorisi kim bo‘lishini va harbiylarning o‘zini qanday tutishini oldindan aytish amri mahol.

Kim qayerga yo‘qolib qoldi

Muvaffaqiyatsiz yurak jarrohligi natijasida vafot etdi. Yo‘q, u tirik, ammo komada – bu haqda bir necha kundan beri bong urishmoqda.

Hammasi 11-aprelda Kim Chen Inning “yo‘qolib qolgani” haqidagi xabarlardan boshlandi. Ertasi kuni shimollik ko‘plab qochqinlar ishlaydigan Janubiy Koreyaning Daily NK nashri yurak jarrohligi haqida gapirdi. Go‘yoki haddan tashqari chekish, semirib ketish va haddan tashqari kuchlanishlar tufayli jarrohlik amaliyoti talab qilingan. Amaliyot yaxshi yakunlandi va shifokorlar jamoasi deyarli deyarli to‘liq tarkibda 19-aprel kuni Pxenyanga qaytib keldi, deb yozdi gazeta.

KNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
OAV: xitoylik shifokorlar Kim Chen Inni ko‘rikdan o‘tkazishga KXDRga yo‘l oldi

Biroz vaqt o‘tgach, Yaponiyaning "Sukan Genday" haftalik nashrida tafsilotlar paydo bo‘ldi. "Mintaqani tekshirish paytida KXDR raisi to‘satdan yuragini ushlab yiqildi. Unga hamrohlik qilgan shifokorlar guruhi darhol yurak massajini o‘tkazib, eng yaqin atrofdagi tez yordam hizmatiga yetkazishdi", - deya nashrga xabar berdi noma’lum manba. Ushbu talqinga ko‘ra, Xitoydan yordam so‘raldi, u yerdan uskunalar bilan 50 kishi maxsus bort orqali Pxenyanga yetkazildi. Shu orada Shimoliy Koreyalik shifokorlar mustaqil ravishda jarrohlikni boshladilar. Ammo jarroh asabiylashib, qo‘llari titraganidan bir daqiqada o‘rnatiladigan stent sakkiz daqiqada o‘rnatildi.

U yerga yetib kelgan xitoylik shifokorlar "vegetativ holatga tushib qolgan" Kim Chen Inga yordam berisholmadi. Keyinchalik versiyalar farqlandi. Yetakchi yoki hamon komada yoki u vafot etgan. Yoki shunchaki tirik va sog‘-salomat.

Bir narsa aniq: 15-aprel kuni Kim Chen In Quyosh kunini nishonlashda ishtirok etmadi. Bu kun uning bobosi, KXDR asoschisi Kim Ir Senning tug‘ilgan kuni ham edi.

Haqiqat qayerda

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Kim Chen Inga yordam uchun shifokorlar yuborilganini tasdiqlamadi.

KXDR davlat radiosining xabar berishicha, davlat rahbari Samjiyon "sotsutopik shahrini" yaratgan ishchilarga minnatdorchilik bildirdi. Biroq, u buni qanday amalga oshirgani aniq ko‘rsatilmagan. Shimoliy Koreyaning davlat axborot agentligi saytida 26-aprel kuni Kim Chen In RF Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisi Gennadiy Zuganovdan tabrik telegrammasini olganligi to‘g‘risida xabar mavjud.

Milliy birlashish ishlari vakili Cho Xe Silning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati “g‘ayritabiiy narsa sezilmagan”. RIA Novosti bilan suhbatda Rossiya Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq instituti Koreys tadqiqotlari ilmiy markazining yetakchi ilmiy xodimi Konstantin Asmolov rasmiy tuzilmalar vakillarining hech biri Kim Chen Inning o‘limi yoki jiddiy kasalligi haqida hatto anonim ravishda gapirmaganiga e’tibor qaratdi.

Shimoliy Koreya yetakchisining zirhli poyezdi. - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In - sirli va sertabassum odam

“U bir muncha vaqt ommaga chiqmagan, yangi suratlar ham yo‘q. Ehtimol, u biroz betob bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo bu o‘lim yoki koma degani emas”, - deydi Asmolov. Ekspertning ta’kidlashicha, agar haqiqiy favqulodda holat yuzaga kelsa Pxenyan ko‘chalarida texnikalar paydo bo‘lardi va shahar bo‘ylab, shuningdek, diplomatik muhitda ham mish-mishlar tarqalishi mumkin edi.

Asmolov, shuningdek, iqtibos qilinayotgan nashrlar axborot agentliklari emasligini ta’kidlaydi. U anonim manbalarga ishonishga hech qanday sabab ko‘rmayapti. Agar haqiqatan ham jiddiy holat yuz bergan bo‘lsa, Pxenyanda ishlaydigan xorijiy muxbirlar buni bilishgan bo‘lardi.

“Yana bir jihat bor: qanday qilib qandaydir manba Kimning ahvoli haqidagi dahshatli tafsilotlardan xabardor bo‘lishi mumkin? - deb hayron bo‘ladi Asmolov. - Bir qator savollar vujudga keladi. Masalan, qanday qilib qandaydir xitoylik shifokor u yerga yetib borganidan keyin Kim Chen Inning yuragi ushlab qolganini, uni kasalxonaga olib borishganini qanday aniqladi? Yanada ajablanarlisi, nega u yapon va xitoy munosabatlari uncha yaxshi emasligi bila turib, bu to‘g‘risida Xitoy ommaviy axborot vositalariga emas, balki qandaydir yapon gazetasiga xabar berdi".

Keyingisi kim

Qanday bo‘lmasin, shuni ta’kidlash kerakki, Shimoliy Koreyada hokimiyatni topshirishning rasmiy tasdiqlangan tartibi mavjud emas.

Kim Chen In 1994-yilda Kim Chen Ir tomonidan lavozimga tayinlanganidan beri vorislikka tayyorlangan. Ammo uning o‘rniga kim kelishi noma’lum. Ba’zilar davlat rahbarining singlisi Kim Yo Chjongga ishora qilmoqdalar. Aprel oyida u Siyosiy buroga nomzod bo‘ldi. Boshqalar esa vaziyatni oldindan aytib bo‘lmaydi deb ta’kidlamoqda.

"Eng o‘ta og‘ir sharoitlarda "qonunda yozilganiga qaramay, to‘pponchasi bor - haq" tamoyili amal qiladi, - deydi Asmolov. - Pxenyandagi turli "minoralar"ning ta’siri haqida biz juda kam ma’lumotga egamiz, agar ular mavjud bo‘lsa, albatta. Va hozircha aniq emas, yangi rahbar kelishi siyosiy yo‘nalishning ham o‘zgarishini anglatadimi yoki yo‘qmi".

Rossiya Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq instituti Koreys markazining yetakchi ilmiy xodimi Yevgeniy Kimning fikriga ko‘ra, KXDRda hech qanday vaziyatda ham beqarorlik bo‘lmaydi. "Agar biron narsa ro‘y bersa, Siyosiy buro yig‘ilib qarorlar va ko‘rsatmalar qabul qilinadi. Ular mamlakat ustidan nazoratni yo‘qotadi deb o‘ylash o‘rinsiz, - dedi u. - KXDR tizim shunday qurilganki, yetakchining vaqtincha yo‘qligi barqarorlikka ta’sir qilmaydi. 2008-yilda Kim Chen Ir qariyb to‘rt oyga g‘oyib bo‘lgan, hammasi nazorat ostida bo‘ldi, yadro qurolini yaratish bo‘yicha ishlar davom etdi".

Kim Yo Chjon, sestra lidera Severnoy Korei Kim Chen In na seremonii vozlojeniya venkov v mavzolee Xo Shi Mina v Xanoe, Vyetnam - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In singlisi KXDR rahbari bo‘lishga tayyorlanmoqda

Yevgeniy Kim ta’kidlashicha, KXDRda rahbar kadrlar bilan muammolar yo‘q: "Sekin-asta qobiliyatli odamlar ko‘tarilishapti, Siyosiy buroda yangi odamlar paydo bo‘lmoqda, 60 yoshdan yoshlari, ma’lum sohalardagi mutaxassislar".

Suhbatdoshning ta’kidlashicha, Pxenyan, KXDRda favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, Koreya Respublikasi va AQShning qo‘shma kuchlar kiritish bo‘yicha operativ rejasini yaxshi biladi. "KXDRni amerikaliklardan himoya qiladigan bufer hududi deb hisoblaydigan Xitoy, qulashga yo‘l qo‘ymaydi. Xuddi shu narsa Rossiyaga ham tegishli, chunki biz Shimoliy Koreya bilan chegaradoshmiz", - deb eslatadi Yevgeniy Kim. "Bu yerda hammasi yaxshi bo‘ladi, hech narsa qulamaydi", - deya xulosa qiladi u.

Oldinlari ham vafot etishgan

"Hech narsa qulamasligiga" ishonchga Shimoliy Koreya rahbarlarining soxta o‘limlari haqida ulkan tarix ham dalolat bo‘la oladi. Kim Chen In g‘oyib bo‘lishi birinchi bor emas. 2014-yilda KXDR rahbari 40 kunga g‘oyib bo‘ldi. Unda, mish-mishlarga ko‘ra, u ortiqcha vazn tufayli yoki jarohati tufayli oyog‘ida jarrohliqni boshdan kechirdi. U tez orada ommada hassa bilan ko‘rindi.

2012 yilda ijtimoiy tarmoqlarda unga 11-fevral kuni KXDRning Pekindagi elchixonasida hujum uyushtirilganini yozishdi. Yirik ommaviy axborot vositalari ushbu mavzu bo‘yicha biroz izoh bilan-da, fikrini bildirishdi.

Lider KNDR Kim Chen In pribil v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Seul Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Sog‘lig‘i bilan bog‘liq mish-mishlar, shuningdek, Kim Chen Ir davriga ham xos bo‘lgan. 2008-yilda ham ommaviy axborot vositalari uni yo‘qotib qo‘ydilar. Uning kasalligi va hatto o‘limi faol muhokama qilindi. Avgust oyida unda insult ro‘y berdi va qisman falaj bo‘ldi. Bu bilan uning KXDRning 60-yilligi sharafiga o‘tkazilgan paradda, shuningdek, mamlakatning yuqori martabali siyosatchisining dafn marosimida qatnashmaganligini tushuntirildi. Bir yil o‘tgach, uning oshqozon osti bezi saratoni bilan kasallanganligini xabari berildi. Ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Kim Chen Ir 2011-yil 17-dekabr kuni yurak xurujidan vafot etdi.

1986 yil noyabr oyida Janubiy Koreyaning "Choson ilbo" gazetasi Kim Ir Senning o‘limi haqida yozdi. Ikkala Koreya chegarasida motam belgisi sifatida hatto KXDR davlat bayrog‘i ham tushirildi. Ammo bir necha kun o‘tgach, u hech narsa bo‘lmagandek Pxenyan aeroportida Mo‘g‘iliston prezidentini qarshi oldi.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0