OAV: xitoylik shifokorlar Kim Chen Inni ko‘rikdan o‘tkazishga KXDRga yo‘l oldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni
KNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy delegatsiyasiga XXR Kommunistik firqasining xalqaro aloqalar bo‘yicha bo‘limi oliy martabali amaldori rahbarlik qilmoqda. Emissarlar Pekindan Pxenyanga qarab payshanba, 23-aprel kuni yo‘lga chiqishgan.

TOShKENT, 25 apr - Sputnik. Xitoy hukumati Pxenyanga tarkibida tibbiyot xodimlari bo‘lgan maxsus delegatsiyani yo‘lladi, ular salomatligida muammolar bo‘lishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni ko‘rikdan o‘tkazadilar, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi o‘z manbalariga tayangan holda.

Kim Yo Chjon, sestra lidera Severnoy Korei Kim Chen In na seremonii vozlojeniya venkov v mavzolee Xo Shi Mina v Xanoe, Vyetnam - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In singlisi KXDR rahbari bo‘lishga tayyorlanmoqda

Janubiy Koreyaning Daily NK nashri sal avval Shimoliy Koreyadagi o‘z manbasiga tayanib, Kim Chen In hozirda yurak-qon tomiri tizimi bilan bog‘liq operatsiyadan so‘ng davolanish kursidan o‘tayotgani haqida xabar bergan edi.

Reyter ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy delegatsiyasiga XXR Kommunistik firqasining xalqaro aloqalar bo‘yicha bo‘limi oliy martabali amaldori rahbarlik qilmoqda. Emissarlar Pekindan Pxenyanga tomon payshanba, 23-aprel kuni yo‘l olishgan.

OAV: 8 yoshga to‘lgan Kim Chen Inga ta’zim qilgan generallar hozir ham uning yonida >>>

Ronxap agentligi Janubiy Koreya hukumatidagi manbalarga tayangan holda KXDR rahbari salomatligida jiddiy muammolar kuzatilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatdan yiroqligi haqida yozgan edi. RIA Novosti tomonidan so‘roqqa tutilgan ekspertlar KIM Chen In sog‘lig‘i haqida tarqalgan xabarlarni haqiqat deb hisoblamasligini ma’lum qilishdi, ular shuningdek internetda Shimoliy Koreya yetakchisi o‘limi haqida tarqalgan mish-mishlar ham katta ehtimol bilan yolg‘on bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

Yangiliklar lentasi
0