"Jurnalistdan qo‘lingni tort, vallomat": Farg‘onadagi mojaro tafsilotlari

© Fotolia / Mihajlo MaricicIntervyu
Intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ommaviy axborot vositalari vakillariga nisbatan har qanday turdagi tazyiq jurnalistlar hamjamiyatigagina emas, balki butun mamlakat ko‘lamida "yomon signal" sifatida o‘z soyasini solishi mumkin

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. O‘zbekiston OAVlarida "Ma’rifat" gazetasining Farg‘onadagi muxbiri Sharifa Madrahimovaga jurnalistik faoliyati uchun bosim o‘tkazilgani va ikki soat davomida ichki ishlar bo‘limida ushlab turilgani haqida xabarlar tarqalgach, bu ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonansni keltirib chiqardi, deb xabar qiladi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj v politseyskom furgone posle togo, kak britanskaya politsiya arestovala yego v posolstve Ekvadora v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatchilar "bulg‘angan haqiqat" uchun jurnalistlardan qanday o‘ch oladi?

Ushbu ko‘ngilsiz voqea Matbuot erkinligi kuni arafasida ro‘y bergani tasodifmi yoki yo‘q, buni aytish mushkul, biroq shu kunlarda AOKA rahbari O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘yicha "Chegara bilmas reportorlar" reytingida atigi 156 o‘ringa ko‘tarilganidan biroz norozi bo‘lgan va bu borada joriy yilda yanada ko‘proq ishlarni bajarish rejalashtirilgani haqida bayonot bergan edi.

Davlat rahbarining o‘zi jurnalistlar faoliyatini e’tirof etib, "Hozir jurnalistlar ro‘y-rost gapirapti. Hamma kamchiliklarni ochib berapti, oldingidek taqiqlar yo‘q. Mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan mavzular yo‘q", - deb turgan bir vaqtda OAV vakiliga bosimlarning davom etayotgani bugun ko‘pchilikni e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Sostoyalas prezentatsiya 10-tomnogo posobiya po jurnalistike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 10 jildlik jurnalistlar qo‘llanmasi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etgani yo‘q. Lekin bugungi kunda Madrahimovaning hamkasblari ikki lagerga bo‘lingan va AOKA ham allaqachon bu borada o‘z rasmiy munosabatini e’lon qildi.

Voqea aslida qanday ro‘y berdi?

O‘zbekistonda nodavlat elektron axborot sayti bo‘lgan Kun.uz muxbiri bergan xabarga ko‘ra, Uchko‘prik tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "karantin vaqtida aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan yarmarkada sifatli mahsulotlar arzon narxlarda sotilayotgani" haqidagi xabardan so‘ng jurnalist aslida savdo shoxobchasida holat boshqacharoqligini ko‘radi va bozorchadagi holatni o‘z telefoniga tasvirga olmoqchi bo‘ladi. 

"Donasi 500 so‘mdan deb narx yopishtirib qo‘yilgan tuxum olmoqchi bo‘lganimda, sotuvchi har bir odamga faqat 5 donadan sotilishini aytdi. Kilogrammi 42 ming so‘mdan bo‘lgan go‘sht o‘ta sifatsiz bo‘lib, sarg‘ayib uch-to‘rt kun turdi, birov olmadi. Chirishga kelgan kartoshkaning kilosi 2500 so‘m bo‘lib, foydalanishga yaraydigan emas edi. Uchko‘prik dehqon bozorida esa narx navo-qimmat", - deya o‘z dalillarini keltirgan jurnalist.

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Narbayeva Senat yig‘ilishida jurnalistlar haqida alohida to‘xtaldi

Jurnalistning tanqidiga Uchko‘prik tumani hokimi e’tiroz bildiradi. Tuman rahbari OAV vakilini holatning "faqat yomon tomonini ko‘rishda, yaxshi tomonini ko‘rmaslik"da ayblaydi.

Shu vaqtda o‘zini "tuman hokimligi vakili", deya tanishtirgan Shohjahon Mo‘ydinov jurnalistning telefonini tortib olgan va shu atrofda bo‘lgan IIB vakilini chaqirib, Madrahimovani shaxsini aniqlash uchun IIBga borish kerakligini aytadi.

O‘sha paytda jurnalistning yonida guvohnomasi bo‘lmagan.

Muhammadjon Obidovning voqeaga aloqasi

IIBga olib borilganidan so‘ng Madrahimovaning turmush o‘rtog‘i u yerga O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan berilgan guvohnoma va "Ma’rifat" gazetasi muxbiri ekanligi haqidagi hujjatlarni olib kelgan. Hujjatlarni ko‘rgach, IIB xodimlari guvohnomalarda amal qilish muddati yo‘qligi, ular haqiqiyligini tasdiqlash kerakligini aytishgan. Madrahimova jurnalistlar ijodiy uyushmasiga a’zolik guvohnomasi boshqaruvchi Muhammadjon Obidov tomonidan berilgani, telefon qilib aniqlik kiritish mumkinligini aytgach, xodimlar Muhammadjon Obidovga qo‘ng‘iroq qilishgan. U esa "Guvohnomani qachonlardir berganmiz. Bu hujjat haqiqiy emas. Qonuniy chora, jazo ko‘raveringlar. Xona kichik bo‘lgani uchun uning ovozi bizga ham aniq eshitilib turardi. IIB xodimi "Mana Muhammadjon Obidov hujjat haqiqiy emasligini tasdiqladi", deb aytgan deya jurnalist so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Kun.uz" nashri.

Igrok sbornoy Panami Felipe Baloy, pribivshiy s komandoy v Saransk dlya uchastiya v matchax chempionata mira po futbolu 2018 - Sputnik O‘zbekiston
O‘ldirilgan jurnalistlarning 90 %i korrupsiyaga qarshi kurashgan - YuNESKO

Shu tariqa jurnalist hokimdan buyruq kelguniga qadar, ikki soat davomida IIBda ushlab turilgan.

Hokimning aralashuvi

Shundan so‘ng, Madrahimova tuman hokimining vaziyatga aralashuvi to‘g‘risida quyidagilarni keltirilgan : «Siz yarmarkani syomka qilayotganingizdan hokimning xabari yo‘q ekan-ku?», deyishdi. Men axir qaysi maqolani yozish yoki nimanidir tasvirga olish uchun hokimga hisob bermayman-ku? Tuman hokimligi va IIB xodimlari meni ushlab turishidan maqsad vaqtdan foydalanib yarmarkadagi haqiqiy holatni yoritmasligim uchun yarmarkani tarqatib yuborish, deb tushundim.

Hokimga o‘zim qo‘ng‘iroq qilib, yarmarkadagi narxlar bo‘yicha gaplarga e’tiroz qilgan edingiz, haqiqiy holatni yozmoqchi bo‘lganim, lekin qarshilik qilishayotganini aytdim. Hokim esa hozir selektordaligini, keyinroq gaplashishi mumkinligini aytdi. Yarim soat o‘tsa ham qo‘ng‘iroq qilmadi. IIB xodimiga ishim ko‘pligi, ketmasam bo‘lmasligini aytdim. Ular esa hokim telefon qilishini kutishdi. Hokimning ustidan shikoyat yozish uchun oq qog‘oz so‘raganimdan so‘ng, meni bo‘limdan chiqarib yuborishdi”, deydi jurnalist.

Vishinskiy v Moskve rasskazal o samochuvstvii i poblagodaril kolleg - Sputnik O‘zbekiston
Vishinskiy: jurnalist kasbi meni qamoqdan ozod qildi

Jurnalistning aytishicha, u ikki yarim soat davomida IIBda o‘tirganida hokimiyat vakillari vaqtdan foydalanib yarmarkani tarqatib yuborishgan.

Sharifaxon Madrahimovaning uyiga tuman IIB vakili kelib Uchko‘prik tumani hokimligi vakili Shohjaxon Mo‘ydinov uni tuhmat qilishda ayblab ariza bergani haqida ma’lum qilgan.

Madrahimova tuhmat qilganmidi?

Farg‘ona viloyati jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvchisi Muhammadjon Obidov Feysbukdagi sahifasida yuqoridagi holatga o‘z munosabatini bildirgan va jurnalist Sharifa Madrahimovaning gaplarini "g‘irt yolg‘on va tuhmat", deya baholagan.

"Sharifa Madrahimovaning intervyusini ko‘rdim. Unga qo‘yilayotgan postlarni ham o‘qib borapman. Hurmatli bloger va feysbukdan foydalanuvchilarga "debdi-debdi" kabi "taxmin, faraz jurnalistikasi"dan masala o‘rganib chiqilguncha tiyilib turishni tavsiya qilardim. Masalan, Sharifaxon "Obidov undoq debdi, bundoq debdi” deya bayonot berishdan avval qo‘ng‘iroq qilib (telefon raqamimni bilar ekan, buni o‘zi ta’kidlabdi) bir og‘iz oydinlik kiritib olsa bo‘lardi-ku? Aftidan, karantin tufayli ko‘pchilik shov-shuvlarni sog‘inib qolgan yoki so‘rab-surishtirmasdan bir yoqlama xulosa chiqarish odatga aylanib qolayotgandek ko‘rinadi. Biroz sabr qilaylik-chi, aslida bor gap yuzaga chiqar.

Hozircha shuni aytmoqchimanki, Sharifa Madrahimovaning "Muhammadjon Obidov bu hujjat haqiqiy emas ekan debdi", degan gaplari g‘irt yolg‘on va tuhmatdan iborat"», deya yozgan Obidov.

AOKA nima deydi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi allaqachon o‘z rasmiy munosabatini bildirishga ulgurdi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Betaraflik va ishonchlilik - jurnalistlar kasb etikasi kodeksi e’lon qilindi

Voqelikni diqqat bilan o‘rganib chiqqan agentlik tuman hokimlik vakillari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida" va "Jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlar hamda O‘zbekiston Jinoyat kodeksi normalari buzilishi ehtimoli yuzasidan vaziyatga huquqiy baho berishni so‘rab, Bosh prokuraturaga murojaat qilganini e’lon qildi.

Yuqorida aytganimizdek, Bosh prokuratura masalani o‘rganmoqda va natijalar hozircha e’lon qilingani yo‘q.

Shuningdek, agentlik barcha davlat idoralari axborot sohasida mamlakat qonunchiligini hurmat qilishlari va konstruktiv tanqidni to‘g‘ri qabul qilishlari shart deb hisoblashini bildirgan.

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
"Vazifangiz adolatni qaror toptirish": vazir Kamilov jurnalistlarga tabrik yo‘lladi

"OAV va blogerlar idoralarning obro‘si va harakatlariga putur yetkazish maqsadida tanqid qilishmaydi, balki shu orqali ularga fuqarolarning ma’lum muammolarini ko‘rishlariga imkon berish uchun, davlat organlari faoliyatidagi, xususan jamiyatni xabardor qilishdagi xatolar, kamchiliklar va ularni xalqimiz manfaatlariga mos ravishda tezda bartaraf etish uchun mehnat qilishadi", - deyiladi bayonot matnida.

O‘zbekistonda matbuot va so‘z erkinligi borasida olib borilayotgan islohotlar fonida yuz bergan ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan jurnalist va blogerlar tomonidan tanqidiy kutib olindi. Ta’kidlash joizki, ayni vaqtda Madrahimovaning kuch idoralari tomonidan olib ketilishi, Farg‘ona viloyati jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvchisining munosabati va tuman hokimining vaziyatga aralashuvi internetda katta rezonansga sabab bo‘lib, yetakchi blogerlarning sahifalarida "Jurnalistdan qo‘lingni tort, vallomat" chellenjini yuzaga keltirdi.

Yangiliklar lentasi
0