Betaraflik va ishonchlilik - jurnalistlar kasb etikasi kodeksi e’lon qilindi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda jurnalistlar kasb etikasi kodeksi e’lon qilindi.

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi - jurnalistining kasb etikasi kodeksini e’lon qildi. 

Jurnalistlar kodeksining asosiy tushunchalari quyidagilardan iborat:

  • Xolislik va betaraflik – jurnalist voqea-hodisalarni xolisona yoritadi, ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni yashirmaydi;
  • Ishonchlilik  - jurnalist axborotni tekshirib, haqqoniyligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng uni tarqatadi va sharhlaydi;  
  • Milliylik va adabiy til – jurnalist o‘z millati va boshqa millatlar urf-odat va madaniyatiga nisbatan hurmat saqlaydi, materialni tarqatishda adabiy til qoidalariga amal qiladi;
  • Shaxsga hurmat – jurnalist shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qiladi, inson qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shaxsiy hayot haqidagi ma’lumotlarni faqat ruxsat olgan holda tarqatadi;
  • Qonun doirasida - jurnalist noqonuniy yo‘l va nomaqbul vositalar yordamida axborot to‘plash, ovoz yozib olish va materiallar to‘plashi mumkin emas;
  • Plagiatsiz - jurnalist o‘z faoliyatida plagiatga (ko‘chirmakashlikka) yo‘l qo‘ymaydi. Boshqa manbaa axborotidan foydalanganda – aniq manbaa ko‘rsatilishi shart.

Ushbu kodeks jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart bo‘lgan ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarni belgilaydi.Uning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0