Vishinskiy: jurnalist kasbi meni qamoqdan ozod qildi

Obuna bo‘lish
Jurnalist Kirill Vishinskiy ozodlikda amalga oshiradigan rejalari bilan o‘rtoqlashdi

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. RIA Novosti Ukraina portali rahbari Kirill Vishinskiy jurnalistika uni qamoqdan chiqargani, endi u bu qarzni to‘lash uchun ham shu kasbda qolishni rejalashtirayotgani aytdi.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Rossiya va Ukrainani qo‘lga olinganlar qaytarilganligi bilan qutladi

"Man aniq shu kasbda qolaman, nega deganda, birinchidan, kasbim meni qamoqdan ozod qildi. Shu ma’noda men hamkasblarim oldida qarzdorman. Va, tabiiyki, bu qarzni qaytarishim kerak", - dedi Vishinskiy RIA Novostiga bergan intervyusida.

U shuningdek, o‘z tajribasini yomon deb emas, balki dramatik deb hisoblashini qo‘shimcha qildi. U endi bularning barchasini yaxshilab tahlil qilib chiqishi lozim.

"O‘ylaymanki, jurnalist uchun eng yaxshisi, bu qayta mushohada qilib ko‘riladigan, u haqda aytib berish mumkin bo‘lgan tajriba bo‘lishida. Va bu juda qiziq bo‘lsa kerak. Bu faqatgina qamoqda o‘tirganlik haqidagi tajriba emas. Bu Poroshenkoning so‘nggi prezidentlik yilida Ukrainada kechirilgan hayot tajribasi. O‘ylaymanki, bu juda qiziq bo‘ladi", - deb qo‘shimcha qildi Vishinskiy.
Moskva va Kiyev o‘rtasidagi kelishuvlar doirasida ozod etilganlar bo‘lgan maxsus aviabort Rossiya poytaxtida shanba kuni ertalab qo‘ndi. Rossiya va Ukraina yoz oyi oxirida sudlangan va qo‘lga olinganlarni bir vaqtning o‘zida ozod etish masalasida ishlashni boshlagan edilar. RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum davomida bu masala tez vaqtda hal bo‘lishini aytgan edi.

Vishinskiy o‘z-o‘zini respublika, deb e’lon qilgan Donbassni qo‘llab-quvvatlashda va davlatga xoinlikda gumonlanib 2018-yilning 15-may sanasida Kiyevda qo‘lga olingan edi. Ushbu modda bo‘yicha 15-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Sud Vishinskiyga nisbatan qamoqda qoldirish jazo chorasini sakkiz marotaba uzaytirgan, 28-avgust kuni Vishinskiy qamoqdan ozod etildi, shanba kuni esa Rossiyaga uchib keldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu holatni "misli ko‘rilmagan", deya baholab, Vishinskiy "bevosita o‘z professional faoliyati uchun, o‘z jurnalistik funksiyalarini bajarganligi uchun" hibsga olinganini qo‘shimcha qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0