MIB iste’molchilarga yangi qulaylik yaratdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSchetchik vodi
Schetchik vodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iste’molchilari uyida bo‘la turib, foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz uchun to‘lovlarni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida onlayn-brifing bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Majburiy ijro burosi iste’molchilarga yana bir qulaylikni yaratdi.

O‘zbekistonda xavf solib turgan koronavirus infeksiyasi sababli yuzaga kelgan karantinli vaziyatda iste’molchilari uyida bo‘la turib, foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz uchun to‘lovlarni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida onlayn-brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda Majburiy ijro burosi organlari kunlik ish faoliyatini olib borishda – masofaviy muloqotni yo‘lga qo‘yib, infeksiyadan saqlanish yuzasidan muhim hamda qat’iy profilaktika chora-tadbirlar belgilanganligi ta’kidlangan edi.

Iste’molchilar o‘z xonadonlaridan chiqmagan holda, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni elektron tarzda “PayMe”, “Paynet”, “Click”, “UPay” va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lab borishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Yangiliklar lentasi
0