O‘zbekistonda  25 mingdan ziyod gektar yer maydonlari yoshlarga ajratildi

© REUTERS / Pascal RossignolFermer podgotavlivayet zemlyu k posevu saxarnoy svekli vo Fransii
Fermer podgotavlivayet zemlyu k posevu saxarnoy svekli vo Fransii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joylarda sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida "Har bir yoshga bir gektar" loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida O‘zbekistonda 2020-yilning 1-choragi natijalariga ko‘ra jami 25 mingdan ziyod gektar yer maydonlari yoshlarga ajratildi.

Telejka s zapasami produktov v Kanade - Sputnik O‘zbekiston
Virusga zarba: O‘zbekiston bu yil oziq-ovqat masalasini qanday hal qilmoqchi?

"Jumladan, 1 277 gektar sabzavot, 1 787 gektar poliz, 10 296 gektar dukkakli ekinlar, 7 727 gektar boshoqli don ekinlari va 391 gektar kartoshka ekish uchun, 3 866 gektar esa bog‘ yaratish uchun ajratib berildi", - deyiladi xabarda.

Yoshlarga biriktirib qo‘yilgan kooperatsiya va klaster yordamida yerlar shudgor qilingan holda jami 4 mingga yaqin gektar maydonga sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar, boshoqli don ekinlari va kartoshka urug‘lari qadalgan bo‘lsa, 335 ming tup mevali va 135 ming tup manzarali daraxtlar ekilgan.

Xorazm viloyatida 39 mingga yaqin  ishsiz yoshlar bor, manzilli rejaga ko‘ra yil oxirigacha ularning 29 ming nafari, ya’ni 74,5 % ning bandligi ta’minlanishi nazarda tutilgan.

Andijon viloyatida 2 mingga yaqin yoshlarning har biriga o‘rtacha 21 sotixdan jami 400 gektar ekin yer maydoni ajratilgan bo‘lsa, Navoiy viloyatida 840 gektardan ziyod bo‘sh yotgan yer maydonlari o‘z egalarini topgan.

Furi na tamojennom postu  - Sputnik O‘zbekiston
Yashil yo‘lak, yoxud Rossiyaga O‘zbekiston meva-sabzavotlari eksportini qanday ko‘paytirish mumkin

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘sh turgan yer uchastkalari va zaxira yerlar hisobidan Mo‘ynoq - 5 000 ga., Qo‘ng‘irot 3 000 ga. va Taxtako‘pir 2 002 ga. tumanlaridan, jami 10 002 ga. yer maydonlari ekinlar ekish uchun ajratib berilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qolgan tumanlarida ham yoshlarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun qariyb 7,8 ming gektar yerlar ajratilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida qariyb 1,8 ming nafar yoshning bandligini ta’minlanadi.

Respublika bo‘ylab tijorat banklari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, har bir loyihaga o‘rtacha 43,3 mln dan - 5719 ta loyiha uchun 247,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0