Jamiyat

Uyquga yotishdan oldin yeyish foydali boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlar

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Parhezshunos-shifokor Yelena Kalen uyqudan oldin foydali oziq-ovqat mahsulotlarini aytdi. Uning fikriga koʻra, ozishni xohlayotgan odamlar och qoringa uxlash shart emas.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Parhezshunos-shifokor Yelena Kalen uyqudan oldin foydali oziq-ovqat mahsulotlarini aytdi.

Plastikovaya posuda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Parhezshunos karantin vaqtida qanday oziqlanish haqida gapirdi

Shifokorning fikriga koʻra, ozishni xohlayotgan odamlar och qoringa uxlashi shart emas.

“Asosiy maslahat: kechki ovqat juda koʻp boʻlmasligi kerak, aks holda uxlash va ertalab uygʻonish qiyin boʻladi. Yotishdan uch-toʻrt soat oldin ovqatlanish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat miqdori bilan haddan oshib ketmaslik uchun, kechqurun faqat kichik tarelkadan ovqatlanishni odat qiling. Bu ozroq ovqatlanishga yordam beradigan psixologik hiyla”, – deydi parhezshunos.

 Yengil taom sifatida yangi yoki pishirilgan sabzavotlar tavsiya etiladi.

“Tarkibida selderey, pomidor, bodring va karam boʻlgan yengil salat ochlikni qondirishga yordam beradi va bu "figura"ga zarar qilmaydi. Sabzavotlar 30-40 daqiqada hazm boʻladi, oshqozonda ogʻirlik paydo boʻladi”, - deydi Kalen.

Sut mahsutlardan kefir, yogʻsiz tvorog va ryajenka. Ularning tarkibida oqsil va kaltsiy bor, tez hazm boʻladi, shuningdek oshqozon-ichak traktining ishlashiga foydali taʼsir koʻrsatadi.

Zavtrak - Sputnik Oʻzbekiston
Parhezshunos toʻgʻri nonushta sirini oshkor qildi

Bundan tashqari yogʻsiz baliq ham tavsiya etiladi. Organizm dengiz mahsulotlarini mol goʻshtidan koʻra tezroq hazm qiladi. Baliqni hazm qilish uchun oʻrtacha 45 daqiqa kerak.

"Koʻpincha bir stakan kefir ochlikni qondirish uchun yetarli boʻlmaydi. Ayniqsa kun boʻyi harakatda oʻtganda va tanani tiklanish uchun kuch talab etadi, shunda tovuq yoki kurkadan sendvich qilish mumkin. Parranda tarkibida juda koʻp protein va vitamin mavjud.

Kam yogʻli pishloq, motsarella ham yaxshi tanlov. Uning tarkibida kazein mavjud, u ochlikni tezda qondiradi, shuningdek metabolik jarayonlarning tezligiga taʼsir qiladi", - deb taʼkidladi parhezshunos.

Yangiliklar lentasi
0