TOShKENT, 15 apr - Sputnik, Alfiya Yenikeyeva. Hozirgi kunda Gematologiya milliy ilmiy tadqiqot markazida yangi koronavirus infeksiyasiga immun javobi shakllanishi o‘rganilmoqda. Olimlar immun tizimi hujayralarining SARS-CoV2ga reaksiyasini ko‘rib bo‘lishdi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, ular COVID-19 kasalligi bilan kasallangan odamning qonidagi antitelalarning konsentratsiyasini aniqlashga qodir bo‘lgan prototip testini ishlab chiqdilar. Gematologiya ilmiy-tadqiqot markazining transplantatsion immunologiya laboratoriyasi boshlig‘i Grigoriy Yefimov RIA Novostiga bunday tadqiqotlar nima uchun kerakligi va SARS-CoV2ni ikkinchi bor yuqtirish mumkinligi haqida aytib berdi.
- Qonda yangi koronavirusni aniqlash testlari nima uchun kerakligi aniq – tashxislar shunday tarzda qo‘yiladi. SARS-CoV2 ga qarshi antitelalarni tahlil qilishdan nima ma’no? Ahir ular bir necha kundan keyin shakllanadi - bu vaqtga kelib, odatda odam kasal ekanligi aniqku.
- Antitelalar kasallikning kamida to‘rtinchi kunida paydo bo‘ladi. O‘ninchi kundan keyin, xitoylik tadqiqotchilarga ko‘ra, antitelalarni aniqlashning diagnostik qiymati infeksiyani o‘zini aniqlashning o‘zidan ham yuqori. Ushbu tahlil bemorga eng mos terapiyani tayinlashga imkon beradi. Bu birinchi hususiyat.
Ikkinchisi: hozirda Moskvada COVID-19 koronavirus infeksiyasidan davolanib chiqqan donorlardan olingan plazma bilan bemorlarni davolash usulini faol qo‘llashmoqda. Bu boshqa shunga o‘xshash kasalliklarda ishlatilgan ancha eski usul. Bu juda samarali. Ammo davolash uchun tarkibida antitelalarning soni yuqori bo‘lgan qon plazmasini talab qilinadi. Buni miqdoriy test ko‘rsatadi.
Uchinchidan: kelajakda, pandemiya tugashi bilanoq, antitelalarga ommaviy tadqiqotlar SARS-CoV2 bilan kasallanganlarning haqiqiy sonini aniqlaydi. Shu tarzda, biz hatto kasalligi alomatlarsiz kechkanlarni ham aniqlashimiz mumkin.
"Ammo shunga qaramay, testlarning qanchadur foizi soxta salbiy natijani namoyish etadiku. Ya’ni, odam kasalni kechirib o‘tdi, ammo u hisobdan qolib ketadi.
- Ularning ko‘p bo‘lishi dargumon. Xitoylik hamkasblarning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning 28-kuniga kelib, COVID-19 tasdiqlangan tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 95 foizining qonida antitelalar aniqlanadi. Bu shuni anglatadiki, bunday ko‘plab bemorlarda qondagi antitelalar testni yaratuvchilar tomonidan ishlatilgan ma’lum bir oqsilga reaksiya bergan.
Gap shundaki, test ishlab chiqilganda virusli genomning kichik bir bo‘lagi olinadi. Ular ho‘jayralarga joylashtiriladi - bakterial yoki inson ho‘jayralariga. Ular uni "o‘qiydilar" va viruslarning birinikiga o‘xshash oqsilni yaratadilar. Va sinov paytida aynan shu oqsilga antitelalar javob beradi.
- Sizning prototipingiz shunga o‘xshash tarzda yaratilganmi?
- Ha. Metodologik jihatdan, bu qiyin narsa emas. Buni o‘ttiz yildan beri turli xil yuqumli kasalliklar uchun qilishadi. Gap shundaki, bu virus yangi va shuning uchun unga antitelalar ayniqsa faol ravishda ishlab chiqariladigan to‘g‘ri qismni tanlash kerak.
Ba’zida testni yaratish uchun butun virus ishlatiladi. Masalan, yaqinda "Vektor" virusologiya va biotexnologiya Markazi ro‘yxatdan o‘tkazgan tizim bilan bog‘liq vaziyatda ham shunday yo‘l tutilgan. Ular SARS-CoV2ni o‘stirishdi, uni o‘ldirishdi va endi uning yordamida antitelalarni tutishmoqda. Bu nostandart yondashuv, chunki hamma laboratoriyalar ham ushbu xavf sinfidagi virus bilan ishlay olmaydi.
- Bundan kelib chiqadiki, "Vektor" testi siznikiga qaraganda sezgirroq, chunki ular bir bo‘lakni emas, balki butun virusni ishlatgan?
- Men bu savolga javob berolmayman. "Vektor"ning testini hech kim hali ko‘rmagan. Bizning tizimimizga kelsak, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u ancha aniq. Hozirda bizda bitta ham sohta ijobiy natija yo‘q.
To‘g‘ri, sinovdagi odamlar soni ham kichik - atigi 10 kishi. Bular kasallanganlarning eng birinchi to‘lqinda bo‘lgan odamlar. Ular allaqachon tuzalib, karantinda yetarlicha bo‘lgan va mutlaqo sog‘lom. Biz tekshiruvlarni aynan shularning qon namunalarida o‘tkazamiz. Bugungi kunda biz davolanayotgan bemorlarning biomateriallari bilan ishlay olmaymiz.
Bundan tashqari, biz infeksiyaga chalinmagan namunalarda ham sinovni o‘tkazdik. Bu donorlarning ancha uzoq vaqt oldin muzlatilgan qoni. Biron bir tahlilda ularda SARS-CoV2ga antitelalar aniqlanmagan, ya’ni biz bitta ham sohta-ijobiy natija olmadik.
Bu, albatta, umidlantiradi, lekin biz hamkasblarimiz bilan hamma narsani takror va takror tekshirish kerakligini tushunamiz. Hozircha qo‘limizda laboratoriya sharitlarida ishlayotgan prototipgina bor. Uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning sezgirligi to‘g‘risida ma’lumotni laboratoriyada emas, balki ushbu testni ishlab chiqarishni amalga oshiradigan korxonalarda olinishi kerak.
- Siz hamkorni topdingizmi?
- Ha, hozirda bitta kompaniya bilan kelishuvimiz bor. Nomini hozircha aytolmayman - biz hali shartnoma imzolamadik. Hamma narsa rejaga muvofiq davom etsa, biz ikki hafta ichida testni ro‘yxatdan o‘tkaza olamiz.
- Ko‘ngillilarniqQanday qilib jalb qila oldingiz? Ahir kasallanganlarning birinchi to‘lqinida odam ko‘p bo‘lmagan.
- Men feysbukdagidagi sahifamda post joylashtirdim, u yerda men tadqiqotlarim haqida so‘zlab berganman, testlarni sinovlari haqida gapirib berdim va bizga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan ko‘ngillilar kerakligini yozdim. Va kutilmaganda ko‘p sonli javoblar keldi. Ko‘pchilik ishtirok etishni xohladi. Ba’zilar yetib kelib bo‘ldi, ba’zilari endi - ular karantinini tugatishlari kerak. Undan keyin markazimizga kelib qon topshirishadi.
Biroq antitelalar bizning ishimizning kichik qismi holos. Yanada uzoq va muhimroq tadqiqot bu SARS-CoV2ga T-hujayrali immun javobni o‘rganishdir. Tasdiklangan tashxisi tasdiqlangan ko‘ngillilar ushbu tajribalarga ham jalb qilamiz.
- Immunitet yangi koronavirusga qanday ta’sir qiladi?
-Bunda hech ham g‘ayrioddiy narsa yo‘q. Biz tuzalib chiqqanlarda T-limfotsitlar borligini kuzatmoqdamiz. Ushbu hujayralarga virusning bir qismi ko‘rsatilsa faollashmoqda. Ular "jangga tayyor". Ular shuningdek immun xotira hujayralari ham ataladi. Ammo biz ular virusli genomning qaysi qismiga ta’sir ko‘rsatishini va bu uning mutatsiyasi bilan qanday billa kechishini hali bilmaymiz.
- Kasal bo‘lib davolanganlar infeksiyaga qarshi immunitetni orttirishadi. Ushbu himoya qancha vaqt ishlaydi: bir necha oy, yil yoki umr?
- Hozircha aytolmaymiz. Birinchi bemorlarning tuzalganidan beri juda oz vaqt o‘tdi. Ammo bitta Xitoy tadqiqoti bor, unga ko‘ra "snarad bitta chuqurga ikki marta tushmaydi". Olimlar ikkita maymunni SARS-CoV2 bilan yuqtirishdi, ularni davoladilar va keyin yana yuqtirishga harakat qildilar, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadilar.
Boshqa tomondan, shu kunlarda koreyaliklardan 91 odamda takroriy kasallanish holati haqida g‘alati xabar keldi. Bu nimani anglatishini umuman tushunib bo‘lmaydi. Menimcha, bu to‘g‘risida gapirish juda erta.
Albatta, antitelalari uch oy davomida saqlanadigan koronaviruslar ham mavjud va uni yana tezda yuqtirish mumkin. Bu oddiy O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya, gripp) qo‘zg‘atuvchisi. Ular millionlab yillar davomida biz bilan birga bo‘lib, bizga moslashib, immun javobdan qochishga o‘rgangan. Yangi koronavirus esa endigina inson populyatsiyasiga kirib keldi. Uning o‘zini qanday tutishi noma’lum.
Ammo biz SARS-CoV ma’lumotlariga tayanishimiz mumkin, uning genomi yangi koronavirus RNKsi bilan juda mos keladi. U orqali bilamizki, antitelalar qonda bir-ikki yil davomida ancha yuqori konsentratsiyada saqlanadi. Ehtimol, SARS-CoV2 bilan ham huddi shunday bo‘ladi.