Olimlar koronavirusning "nozik joyini" ilg‘ashdi - bu vaksina yaratishda asqotadi

© AFP 2023 / Noah SeelamIndiyskie politseyskie radom v avtomobilem v vide koronavirusa izobretatelya Sudxakara Yadava
Indiyskie politseyskie radom v avtomobilem v vide koronavirusa izobretatelya Sudxakara Yadava  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19 tarkibini o‘rganlar olimlar, bu virus boshqa turdagilariga qaraganda ancha zaif himoyalanganini aniqladilar

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Sautgempton (Buyuk Britaniya) universiteti mikrobiologlari yangi turdagi COVID-19 koronavirusning yangi fundamental jihatlarini aniqladilar, deb xabar qiladi Phys.org.

Probirki s krovyu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent London bilan COVID-19ni tuzalganlar qoni bilan davolashdagi tadqiqoti bilan bo‘lishdi

Tadqiqotchilar virusning inson organizmiga kirish uchun qay tarzda "niqoblanishi" jarayoni aks ettirilgan kompyuter modelini yaratdilar.

Koronavirus juda ko‘p sonli tikonlari bo‘lib, ular yordamida u hujayralarga yopishadi. Tikonlar qand (glikanlar) bilan qoplangan bo‘lib — ular virusli oqsillarni niqoblashda, ya’ni ularga immun tizimidan "yashirinishga" yordam beradi.

"O‘zini shakar bilan qoplagan viruslar qo‘zilar terisini yopingan bo‘rilar singari harakat qiladi, ammo biz shakarlar soniga qaramay, koronavirus boshqa viruslar singari himoyalanmaganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Bu immun tizimi uni antitanachalar yordamida neyrallashtirishi uchun kamroq to‘siqlarga duch kelishini anglatadi", - deb hikoya qildi mutaxassislar.

Ushbu tadqiqot natijalari COVID-19ga qarshi vaksina yaratayotgan olimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0