Turizm istiqbollari: Aziz Abduhakimov onlayn turizm va masofaviy sport haqida

Obuna bo‘lish
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi onlayn turizm va masofaviy sportni rivojlantirish loyihalari hamda pandemiyadan keyin turizm sohasidagi rejalar haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov koronavirus bilan bog‘liq davrda turizm va sport sohasida qanday ishlar olib borilayotgani va kelgusi rejalar haqida so‘zlab berdi.

“Karantin qo‘l qovushtirib o‘tirish uchun sabab emas”

Janri - Sputnik O‘zbekiston
Turizm sektori pandemiyadan so‘ng qachon tiklanadi - ekspert fikri

Aziz Abduhakimov karantin va o‘zini yakkalash rejimi sabab qo‘l qovushtirib o‘tirish kerak emas. Aksincha, ushbu sokinlik davridan unumli foydalanib, sohalarni rivojlantirishda yangidan-yangi usullar va jihozlarni qo‘llash lozim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi onlayn turizmni rivojlantirish, tadbirkorlar va startaperlarni qo‘llab-quvvatlashga oid ishlarni amalga oshirmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi allaqachon masofaviy sportni faol rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini boshlab yuborgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (XSTU), Oshpazlar uyushmasi, Gastronomik assotsiatsiya bilan hamkorlikda xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirishga doir bepul onlayn kurslar va vebinarlar tashkil qilinmoqda.

Bundan tashqari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi XSTU va Milliy piar markazi bilan birga xorijda milliy mahsulotni targ‘ib qilishga oid strategiyani ishlab chiqmoqda. Unga ko‘ra, karantin davri tugagach, Yevropa va MDH mamlakatlarida Road-show’lar tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Onlayn turizm

O‘zbekistonda turizm bo‘yicha virtual sayohatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi online-tourism.uz saytini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda.

“Bu O‘zbekiston bo‘ylab virtual sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi birinchi platforma bo‘ladi. Hozirgi karantin bilan bog‘liq murakkab bir davrda O‘zbekistonning turistik targ‘ibotini kuchaytirish ayni muddaodir. Bu sayyohlarga uydan chiqmay turib, o‘z sayohatlarini oldindan rejalashtirish imkonini beradi”, - dedi Abduhakimov.

Rejaga ko‘ra, ushbu sayt asosan uch yo‘nalishni qamrab oladi: sayyohlar, turistik biznes vakillari startaperlar uchun.

Shavkat Mirziyoyev provel video-selektornoe sobranie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus tufayli eng katta zarar ko‘rayotgan sohalar aytildi

“Bugungi kunda virtual turlarni yo‘lga qo‘yish uchun muzeylar va boshqa turistik obyektlar bilan hamkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Fursatdan foydalanib, bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi iste’dodli mutaxassislarimizni hamkorlikka jalb qilamiz, ular bilan onlayn faoliyatni yo‘lga qo‘yish mumkin.Shu bilan birga, kafe va restoranlar hamda boshqa turistik obyektlar egalarini virtual sayohatni yo‘lga qo‘yish uchun zarur choralar ko‘rishga chorlab qolamiz, zero bu sayyohlarga hozirning o‘zidanoq o‘ziga ma’qul keluvchi, didiga mos keluvchi joylarni tanlash imkonini beradi”, - dedi u.

Tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan turizm sohasi subyektlariga pandemiya davrida qator imtiyozlar taqdim etilgan.

Pandemiyadan so‘ng nima bo‘ladi

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita jahon turizm bozoridagi favqulodda vaziyatning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirishga doir tezkor chora tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar mahkamasiga kiritgan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavius bilan bog‘liq karantin davri tugaganidan keyin turizm sohasidagi startap loyihalar, jumladan innovatsion biznes g‘oyalar, ayniqsa yoshlar va ularning sayyohlarga qulaylik yaratishga yo‘naltirilgan dasturlarini subsidiyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, “O‘z diyoringni o‘zing kashf et” loyihasi doirasida mahalliy aholini audio, foto va video material to‘plash jarayoniga jalb etib, shu asosda “Turizm qishlog‘i”, “Turizm mahallasi”, “Turizm ovuli” maqomiga ega aholi punktlari reyestrini kengaytirish ko‘zlanyapti.

Qolaversa, “Sayohatingni rejalashtir” aksiyasi o‘tkaziladi hamda turizm sohasi subyektlari bilan hamkorlikda aholi orasida pandemiyadan keyin O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishga oid taklif va onlayn arizalarni qabul qilishni keng targ‘ib qilish bo‘yicha elektron tizimni rag‘batlantirishga doir chora tadbirlar amalga oshirilishi  rejalashtirilgan.

Masofaviy sport

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birga mamlakatimizning tajribali sport ustalari va murabbiylari ishtirokida turli videoroliklar ishlab chiqilmoqda. Ularning karantin davrida jismoniy faollikni saqlab qolish, sport bilan bog‘liq faoliyatni boshlashga doir maslahat va tavsiyalari berilmoqda.

Gruppovoe zanyatie fizicheskimi uprajneniyami. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Sport vazirligi o‘ziga xos chellenj e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda turli qiziqarli chellenjlar va bellashuvlar o‘tkazilmoqda. 6-26 aprel kunlari #UydaQol! #HayotgaQo‘shil! chellenji bo‘lib o‘tadi. Unda qatnashish uchun karantin davrida uyda oila a’zolar bilan birga badantarbiya va sport mashg‘ulotlarini bajarish, so‘ngra uni videoga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylash hamda Sport vazirligining rasmiy sahifalari bilan ulashish talab etiladi.

“Umuman olganda, yurtimizdagi har bir insonning sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi uning salomatligiga ham, faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - dedi Abduhakimov.

Yangiliklar lentasi
0