Turizm sektori pandemiyadan so‘ng qachon tiklanadi - ekspert fikri

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishJanri
Janri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert fikricha, turistik oqimlar "shunchaki sinadi" va ushbu vaziyatda  ularni boshqa yo‘nalishlarga taqsimlab bo‘lmaydi.

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi turizm sektorini butunlay o‘zgartirib yuboradi: odamlar o‘rta muddatli istiqbolda chet elga ommaviy safarlarga chiqmaydilar, buni o‘rniga ichki turizmni tanlaydilar. RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida turizm sohasidagi ekspert Fernando Galyardo xuddi shunday fikrlarni bildirdi.

Mavzoley Imam al-Buxari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Ziyorat turizmi haftaligi” kechiktirildi

"Sayyohlik faoliyati hozirda falaj ahvolga keldi, Yevropa, Xitoy va Lotin Amerikasida chegaralar yopildi. Bu juda katta miqdordagi hech qayerga bormayotgan va yaqin istiqbolda hech qayerga borishi kutilmayotgan odamlar oqimidir", - deydi ekspert.

Uning fikricha, turistik oqimlar "shunchaki qulaydi" va bu vaziyatda ularni boshqa yo‘nalishlarga taqsimlab bo‘lmaydi. "Bunday vaziyatda hech bir mamlakat naf ko‘rmaydi, chunki sayyohlar hech qayerga sayohat qilmayaptilar. Bu yaqin istiqbolda. Uzoq muddatli istiqbolda esa iqtisodiy falajlik butun dunyoga ta’sir qiladi. Iqtisodiy kollaps turizmni tiklashga odatdagidan uzoqroq vaqt talab etilishini anglatadi", - deya bashorat qilmoqda u.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, ushbu vaziyatdan birinchi bo‘lib Xitoy chiqa boshlaydi, lekin "xitoyliklar Yevropa va AQShga yoki boshqa turdagi yuqumli kasalliklar epidemiyasi mavjud va juda yomon sanitar tizimi mavjud bo‘lgan Afrikaga yoki Lotin Amerikasiga bormaydi". "Bu ichki turizm bo‘ladi", - deydi Galyardo.

Ushbu tendensiya asta-sekin inqirozli vaziyatdan chiqishni boshlaydigan boshqa mamlakatlarda ham saqlanib qoladi: chet elga sayohat qiladiganlar butun dunyoda juda kam bo‘ladi.

Turisti na ulitsax Buxari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ichki sayohatlar vaqtincha to‘xtatiladi

Ekspert hisob-kitobiga ko‘ra, Yevropadagi og‘ir vaziyat may oyining o‘rtalariga qadar davom etadi, ammo "bu shundan keyin odamlar darhol sayohat qilishni boshlab yuboradi", degani emas. "Bu shuni anglatadiki, odamlar o‘sha paytdan boshlab ishlashni boshlaydilar. Endilikda, masalan Ispaniyada, ko‘plab kompaniyalar o‘z faoliyatini to‘xtatib, odamlarni ishdan bo‘shatmasdan ularni ta’tilga yubormoqdalar. Bundan tashqari, aprel oyida soliq hisobotlari davri boshlanadi, odamlar esa soliq to‘lay olmaydi, chunki ular maosh olmaydilar. Bu iqtisodiy inqiroz turistik faollikni ham normal holatga qaytishiga to‘sqinlik qiladi", - deya tushuntirdi Galyardo.

Uning fikricha, yozga kelib Yevropadagi vaziyat asta-sekin tinchlana boshlaydi, iqtisodiy faoliyat boshlanadi. "Sayyohlik sohasi tahminan iyul oyidan jonlana boshlaydi, ammo bu ichki turizm bo‘ladi", - deydi u.

Ispaniyada turizm sohasi tanazzulga yuz tutadi, deb taxmin qilmoqda u. Birinchi bo‘lib biznes turizmi tiklana boshlaydi. "Ammo u qancha miqdorda bo‘ladi? O‘tgan yilgi 83 millionga nisbatan 10-20 million chet ellik sayyohmi?" - deya savol bermoqda ekspert.

"Bu yilgi turizm sohasi yo‘qotildi. Ko‘plab kompaniyalar yo‘q bo‘lib ketadi, odatlar o‘zgaradi. Inqirozdan chiqish ko‘pchilik o‘ylaganidek quvonchli kechmaydi. Ha, sayohatlar quvonchli, albatta, ammo boshqa odamlar bilan aloqa - quvonchli bo‘lmaydi – bunga vaqt talab etiladi", - deydi Galyardo.

Shavkat Mirziyoyev provel video-selektornoe sobranie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus tufayli eng katta zarar ko‘rayotgan sohalar aytildi

Biznesini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar asosida qurgan kompaniyalar o‘z biznes modellarini qayta ko‘rib chiqishlari va raqamli texnologiyalarga o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. "O‘ylashimcha, mehmonxonalarda bundan keyin resepshn, shaxsiy aloqa bo‘lmaydi, chunki xodimga ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsiy guvohnoma ko‘rsatish talab qilinadi, bu holatda nazariy jihatdan, o‘sha shaxs virusni yuqtirgan bo‘lishi mumkin-ku. Chek-in misol uchun, onlayn tarzda amalga oshiriladi", - deya misol keltiradi ekspert.

Sayyohlar tomonidan atrofdagi odamlarning qabul qilinishida ham o‘zgarish yuz beradi. "Odamlar uylaridan chiqqach, bir-birlarini quchoqlashga shoshilmaydilar, avvaliga hamma ehtiyotkor bo‘ladi, atrofga ehtiyotlik bilan boqadi, doimo kimdir bilan to‘qnashish mumkin bo‘lgan mehmonxonalardan qochishga harakat qiladilar", - deydi Galyardo.

Uning fikricha, xususiy xonadonlar egalariga qaraganda, mehmonxonalar uchun sayyohlarni qaytarish murakkabroq kechadi "Airbnb mehmonxonalarga nisbatan tanazzuldan tezroq chiqib ketadi. Turistik xonadonlar - uzoq vaqt davomida izolyatsiyada bo‘lgan uyingizning davomi kabi", - deydi Galyardo.

Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam smagcheniya negativnogo vozdeystviya koronavirusnoy pandemii na stranu - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etishga 10 trillion so‘m ajaratiladi - prezident

Avvalroq, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) rasmiy vakili Marselo Risi RIA Novosti agentligiga, koronavirus tufayli turizm sektorining 1-3 foizga pasayishi bo‘yicha dastlabki prognozlar qayta ko‘rib chiqilishini, pasayish kutilganidan ko‘proq bo‘lishini aytgan edi.

Hozirgi vaqtda Ispaniya koronavirusni yuqtirganlar soni bo‘yicha Yevropada Italiyadan keyin ikkinchi va jahonda (Xitoy, Italiya va Erondan keyin) to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Ispaniya hukumati 14-mart kuni odamlar harakatini 15 kunga cheklab, mamlakatda yuqori tayyorgarlik rejimini joriy etdi. Agar vaziyat taqozo qilsa, bu muddat parlament roziligi bilan uzaytirilishi ham mumkin. Odamlarga oziq-ovqat, dori-darmon, zarur buyumlarni sotib olish, shuningdek, ishga borish uchun qo‘chaga chiqishlariga ruxsat berilgan. Kompaniyalar ommaviy ravishda ishchilarni uydan turib masofadan ishlashga o‘tkazdilar.

Yangiliklar lentasi
0