O‘zbekistonda koronavirus tufayli eng katta zarar ko‘rayotgan sohalar aytildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel video-selektornoe sobranie
Shavkat Mirziyoyev provel video-selektornoe sobranie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasidan eng katta zarar ko‘rayotgan turizm, mehmonxona biznesi, transport-logistika sohalari, umumiy ovqatlanish muassasalari kreditlarini qoplashda maxsus tashkil etilgan fond yordam beradi.

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Kecha 19-mart Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan koronavirusning iqtisodiy oqibatlariga qarshi choralarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ushbu pandemiyadan eng katta zarar ko‘rayotgan iqtisodiyot sohalari sanab o‘tildi. Ushbu sohalarda olingan kreditlarni qaytarishda yordam berish masalasi ham ko‘rib chiqildi. 

Xususan, mehmonxona biznesida 90 milliard so‘mlik, transport-logistika sohasida 650 milliard so‘mlik, umumiy ovqatlanish muassasalarida 180 milliard so‘mlik, tashqi savdo korxonalarida 3,6 trillion so‘mlik kreditlarni qaytarish imkoniyati pasaymoqda, - deyilgan xabarda.

Shu bois ushbu korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Hokimlarga iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan korxonalardan mahalliy soliqlarni undirishni 6 oygacha kechiktirish vakolati beriladi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i, fermerlarning suv solig‘i 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mahalliy budjetdagi yo‘qotishlar respublika budjetidan qoplab beriladi. Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash to‘xtatiladi. 

Videoselektor yig‘ilishi haqidagi to‘liq xabar bilan quyida tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0