"Xatarlar saqlanib qolmoqda". Ekspert OPEK+ uchrashuvi natijalariga baho berdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishEkspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov
Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OPEK+ asosiy davlatlari, Meksikani hisobga olmaganda, neft qazib olishni qisqartirish parametrlari bo‘yicha kelishib oldilar. Energetik xavfsizlik bo‘yicha ekspert Igor Yushkov Sputnik radiosi efirida uchrashuv natijalariga baho berdi

O‘n soat davom etgan muzokaralar natijalariga ko‘ra, OPEK+ ishtirokchilari may-iyun oylarida neft qazib olishni kuniga 10 million barrelga kamaytirishga kelishib oldilar, ammo bitim kuchga kirishi uchun Meksikaning roziligi talab qilinmoqda.

Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
OPEK+ bitimining yangi parametrlari oshkor qilindi

"Ushbu bosqichda ishlab chiqarish majburiyatlari OPEK davlatlari uchun kuniga 6,085 million barrelni va OPEKdan tashqaridagi davlatlar uchun kuniga 3,915 million barrelni tashkil etdi", - dedm RIA Novosti agentligiga Ozarbayjon Energetika vazirligidagi manba.

Yilning qolgan qismida qazib olishning umumiy qisqarishi kuniga 8 million barrelni tashkil qiladi, 2021-yil yanvaridan 2022-yil aprelgacha OPEK+ ishlab chiqarishni 6 million barrelga kamaytirish majburiyatini oladi.

Uchrashuvning yakuniy bayonotidan kelib chiqqan holda, Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ yangi kelishuvini may oyidan iyun oyi oxirigacha amalga oshirishda kuniga 8,5 million barreldan ko‘p bo‘lmagan hajmda qazib olishlari kerak.

Agentlikning manbasiga ko‘ra, avvalroq OPEK+ ishtirokchilarining ishlab chiqarishni qisqartirishni hisoblashning bazaviy darajasi bo‘yicha pozitsiyalari bir-birlarinikidan farqlanayotgan edi. Dastlab Meksika hukumati ishlab chiqarishni kuniga 400 ming barrelga qisqartirish bo‘yicha uch bosqichli kvotaga ko‘nmay, ishlab chiqarishni kuniga 100 ming barrelga qisqartirishni taklif qildi. Xom-ashyo qazib olishni qisqartirish majburiyatlarini bajarish doirasida Mexiko yaqin ikki oy davomida aynan shu miqdorda qisqartirishga tayyor. OPEK+ vazirlari ushbu masala bo‘yicha muzokaralarni juma kuni davom ettiradilar.

Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Tramp neft qazib olish hajmini OPEK+ bilan muvofiqlashtirishdan bosh tortdi

Sputnik radiosi efirida Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti eksperti, Milliy energiya xavfsizligi jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov uchrashuv natijalarini sharhladi.

"OPEK+ning eski formatining asosiy o‘yinchilari kelishganiga va ko‘pchilik ishtirokchilar e’lon qilingan parametrlarga rozi bo‘lishiga qaramay, bularning barchasiga qarshi chiqayotgan Meksika bor. Konsensussiz bitim tuzilishi mumkin emas. Har doim ishlab chiqarish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuv birdam rozilik asosida tuzilgan. Agar ulardan birontasi ishtirok etishni rad etsa, unda qolganlarkyidagi masalani ko‘taradi: nima uchun biz qisqartirishga majburmiz, boshqa birontasi bu ishni qilmaydida bizning harakatlarimiz samarasini ko‘rib o‘tiradi? Xuddi shu savol – kelishuvda ilgari ham qatnashmagan davlatlarga. Bular, avvalambor AQSh, Buyuk Britaniya va Norvegiya”, - dedi Igor Yushkov.

Uning eslatishicha, AQSh ilgari ishlab chiqarishni ko‘paytirishi mumkin edi, bu asosan OPEK+ davlatlari neft narxini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olganlari hisobiga. Vashington endi neft hajmini cheklashga rozi bo‘ladimi yo‘qmi noma’lum, hisoblaydi ekspert.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zining slanes loyihalarida ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi, chunki OPEK+ kelishuvi neft narxini bir barrel uchun 50-60 dollar darajasida ushlab turish imkoni berdi. Endi Rossiya amerikaliklar ishlab chiqarish hajmini pasaytirish jarayoniga hissa qo‘shishi shartini ilgari surmoqda, bu onlayn-yig‘ilishi doirasida muhokama qilinadi. AQSh bungacha o‘z hissasini tabiiy ravishda qo‘shishini ta’kilagandi, chunki joriy past narxlarda ishlab chiqarish shundoq ham pasaymoqda. Ammo qolgan ishtirokchilar AQSh aniq hajmlarni e’lon qilishini va bu cheklovlarga amal qilishga kafolat berishlarini talab qilmoqdalar. Bu majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladimi, yo‘qmi, hozircha noaniq”, - dedi Igor Yushkov.

Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxi OPEK+ yig‘ilishidan oldin ko‘tarildi

Uning prognozlariga ko‘ra, hozir hamma kelishuvga erishsa ham, narxlar bir muncha vaqt ko‘tarilmaydi.

"Neftni saqlash omborlarining toshib ketishi ssenariysi xatarlari hamon saqlanib qolmoqda, chunki bitim 1-maydan ishlay boshlaydi va aprelda dunyodagi neft omborlarining katta qismi to‘ldiriladi va bu bozorga bosim o‘tkazadi. Narxlarning ko‘tarilishi iyun-iyul oylaridan keyin sodir bo‘ladi, hozirda esa u bir barrel uchun 35 dollardan pastroqda o‘ynashi mumkin", - dedi Milliy energetik xavfsizlik jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi.

OPEK+ davlatlari 6-martda neft qazib olishni qisqartirish uchun bitim parametrlarini o‘zgartirish yoki kelishuvni uzaytirish to‘g‘risida kelisha olmadilar. Natijada, 1-apreldan sobiq ittifoqqa a’zo mamlakatlarida qazib olish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi. Bu koronavirus pandemiyasi bilan bir qatorda, neft bozorining inqiroziga sabab bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0