Tramp Moskva va Ar-Riyodga neft qazib olishda imtiyoz va’da bermaganini aytdi

© AP Photo/Evan VucciPrezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone
Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bu Rossiya uchun ham, Saudiya Arabistoni uchun ham juda yaxshi bo‘lardi. Umid qilamanki, ular ushbu bitimni tuzishadi - bu ular menga aytganlari... Umid qilamanki, bu yaqin orada amalga oshadi, umid qilamanki, ular buni tez orada e’lon qilishadi", - dedi u

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan neft narxlari borasidagi muloqotda Qo‘shma Shtatlar tomonidan qazib olishni qisqartirish shaklida bo‘ladigan ehtimoliy imtiyozlarni muhokama qilmaganligini aytdi. RIA Novosti xabari asosida.

Prezident Kitaya Si Szinpin na voyennom parade v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Rossiyaga neft urushida yordam beradi

Shu bilan birga, Tramp, Rossiya va Saudiya Arabistoni yaqin orada jahon bozorlaridagi vaziyatni yaxshilash uchun neft qazib olish bo‘yicha bitim tuzishi mumkinligini aytdi.

"Bu Rossiya uchun ham, Saudiya Arabistoni uchun ham juda yaxshi bo‘lardi. Umid qilamanki, ular ushbu bitimni tuzishadi - bu ular menga aytganlari... Umid qilamanki, bu yaqin orada amalga oshadi, umid qilamanki, ular buni tez orada e’lon qilishadi", - dedi u.

Avvalroq, Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan jahon energetika bozoridagi vaziyatni muhokama qilganini aytgan edi. Xususan, u ushbu mamlakat bilan bir qatorda Rossiya ham ishlab chiqarish hajmini kuniga 10 million barrelga kamaytirishi mumkinligini taxmin qildi, 20 daqiqadan so‘ng esa u 15 million barrel hajm haqida gapirdi.

Payshanba kuni ma’lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistoni OPEK+ kelishuvida ishtirok etuvchi davlatlar va boshqa davlatlarni "adolatli kelishuvga erishish va neft bozorlarida muvozanatni tiklash maqsadida" shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishga chaqirdi.

Ekspert: neft bo‘yicha muzokaralardan hammadan ko‘proq Tramp manfaatdor

Jahon neft bozoridagi vaziyat

Mart oyining boshidan beri koronavirus pandemiyasi sharoitida talabning pasayishi tufayli va OPEK+ kelishuvining tugatilishi fonida bozor neft narxlari deyarli ikki baravar pasaygan. 6-mart kuni alyans ishtirokchi davlatlari bitim parametrlarini o‘zgartirish to‘g‘risida kelisha olmadilar va uni uzaytirish imkoni bo‘lmadi.

Rossiya mavjud shartlarni saqlab qolishni talab qilgan, Saudiya Arabistoni esa qazib olishni yanada pasaytirmoqchi edi. Natijada, 1-apreldan boshlab sobiq ittifoq mamlakatlarida neft qazib olish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.

OPEK+ muzokaralari muvaffaqiyatsiz tugaganidan so‘ng, ommaviy axborot vositalari ishlab chiqaruvchilar orasida narxlar urushi boshlanganligi haqida yozishni boshladilar. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni yetkazib berish hajmini kuniga 12,3 million barrelga yetkazishini e’lon qildi, bu uning kunlik ishlab chiqarish quvvatidan 300 ming barrelga ko‘pdir. Ar-Riyod ushbu ko‘rsatkichga zaxiralar orqali erishishi mumkin edi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya va Saudiya Arabistoni narxlar bo‘yicha urush o‘tkazmayapti, ammo dunyodagi vaziyat noqulay.

Yangiliklar lentasi
0