Tramp Amerika kosmosda najot topishiga ishonadi

© AP Photo / Jose Luis MaganaDonald Tramp seluyet amerikanskiy flag
Donald Tramp seluyet amerikanskiy flag - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarning kosmosdan resurslar olish huquqini kafolatlovchi farmonni imzoladi.

Hujjatda aniq aytilgan: kosmos "qonuniy va jismoniy jihatdan inson faoliyatining noyob sohasi bo‘lib, AQSh uni jamoat mulki deb hisoblamaydi". Biroq, Oq uy adolatli ta’kidlaganidek, AQSh uzoq vaqtdan beri belgilangan pozitsiyani unga hech qanday o‘zgartirish kiritmasdan turib tasdiqladi.

Donald Tramp Oyni xususiylashtirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Trampning Oyni o‘zini qilib olish farmoniga qanday munosabat bildirdi – video

Rossiya munosabati bashorat qilib bo‘ladigan tarzda bo‘ldi - vazmin va qoralovchi.

Ammo bu farmonning imzolanishi asosan istehzo va esankirash bilan bildirilgan qiziqish bilan bog‘liqdir: mana, endi Amerika va uning rahbarida boshqa dolzarbroq muammolar topilmadi!

Darhaqiqat, butun dunyo og‘ir kunlarni boshidan kechirayotgan bir paytda, "mukammal bo‘ron" iborasi Qo‘shma Shtatlardagi vaziyatni tavsiflash uchun ko‘proq mos keladi.

Bir tomondan, o‘ta og‘ir COVID-19 epidemiyasi: kasallanganlarning eng katta soni va o‘n mingdan ortiq qurbonlar.

Boshqa tomondan, shunchalar keskin iqtisodiy inqiroz mavjud bo‘lib, uning ta’sirini yumshatish uchun hukumat shunchalar ekstremal choralarni ko‘rmoqdaki ekspertlar ularni atom bombasi bilan taqqoslaydilar, bunda esa iqtisodiyotni qutqarish choralari unga yanada vayronkor ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga ochiq-oydin ishora qilmoqdalar.

Iqtisodiyot ortidan tabiiy ravishda ijtimoiy soha ham quladi, bu bilan Tramp prezidentligining uch yillik "g‘ayrioddiy", aslida ham shunday, yutuqlarini ko‘mdi. Ishsizlik rekord darajada oshib ketdi, mutaxassislar esa bu faqat boshlanishi va bundan ham yomonlashishidan qo‘rqishmoqda.

Zvezdi s borta MKS  - Sputnik O‘zbekiston
Roskosmos Trampning Oy zaxiralarini o‘zlashtirish to‘g‘risidagi farmonini tajovuzkor deb topdi

Bundan tashqari, navbatdagi prezidentlik saylovlarigacha olti oydan ko‘proq vaqt qoldi - bu nafaqat Oq uyning hozirgi egasi, balki butun mamlakat uchun muhim olti oy.

Va bunday vaziyatda Donald Tramp kosmosga e’tibor qaratish zarur deb hisobladi.

Va u uchun bu tasodifiy qiziqish emas. U bu mavzuga bir necha bor murojaat qilgan.

O‘tgan yilning yanvar oyida ma’lum bo‘lganki, AQSh prezidenti bir vaqtning o‘zida agar agentlik insonni Marsga yetkazishga muvaffaq bo‘lsa, NASAga cheksiz miqdorda pul ajratishni taklif qilgan.

2019 yil mart oyida Tramp amerikaliklarni besh yil ichida Oyga yetkazishni talab qildi. Iyul oyida u Qizil sayyora haqida gapga qaytdi va yaqin orada u yerda AQSh bayrog‘ini o‘rnatilishini va’da qildi.

Shu yilning fevral oyida prezident Kongressga Oy va Marsga odam tomonidan boshqariladigan parvozlar dasturini moliyalashtirishni so‘rab murojaat qildi. Shunday qilib, yangi farmon Trampning bir necha yillar davomida olib borgan siyosatiga mutlaqo mos keladi.

Asosiy savol boshqa narsada: AQSh yetakchisining kosmik mavzudagi shunga o‘xshash ketma-ketligini, shu yo‘sinda telbaligini qanday baholasa bo‘ladi?

Donald Trampning g‘ayritabiiyligi hammaning tilida, va bu raqiblariga uni har qanday gunohlarda, shu jumladan ahmoqlik va hatto aqldan ozganlikda ayblash imkonini beradi (Kreml uchun ishlashni eslamasak ham bo‘ladi).

Poslednyaya za desatiletie golubaya Luna nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Oyni o‘ziniki qilib oldi: AQSh prezidenti yangi farmonga imzo chekdi

Biroq, Oq Uyda ishlagan yillari davomida uning xo‘jayini imidj faqat tashqi qobiq ekanligini isbotladi, aslida ro‘pparamizda eng yomon sharoitlarda ham muvaffaqiyatga erisha oladigan aqlli va juda samarali menedjer namoyondir. U deyarli butun AQSh davlat apparati unga qarshi ish olib borgan Vashingtondagi vaziyatni ham o‘z foydasiga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. U raqiblari iqtisodiy tizimda imkonsiz va erishib bo‘lmaydigan deb hisoblagan natijalarga erishdi. To‘g‘ri, endi bu muvaffaqiyatlar vaziyatlar bosimi ostida yo‘qqa chiqdi (bu vaziyatlar haqida Tramp uzoq vaqt oldin ularni qattiq tanqid qilib gapirib o‘tgan), ammo bu haqiqatni o‘zgartirmaydi.

Va endi, odatiy dunyo bizning ko‘z o‘ngimizda qulayotgan mahalda, AQSh prezidenti kosmik tadqiqotlar mavzusini ilgari surmoqda.

Aftidan, Donald Tramp bu g‘ayritabiiylik va ahmoqlik emas. Bunda u aslida Amerika iqtisodi kirib qolgan tupikdan chiqish yo‘lini ko‘rmoqda. Ehtimol, uning pozitsiyasiga u yoshligi insoniyatning kosmik istiqbollari haqida ommaviy optimizm davrida o‘tgan avlodga mansubligi ta’sir qiladi. Biroq, aslida AQSh prezidenti tomonidan belgilangan "tashxis" mutlaqo to‘g‘ri.

Jahon iqtisodiyoti tizimli inqirozga yuz tutdi va bu yana bir katta qayta taqsimlashga olib keladi. AQSh mavjud – o‘lim talvasasida qolgan tizimning asosiy foyda oluvchisidir. Dunyoda esa juda jiddiy raqobatchilar kuchga kirdi, shuning uchun davom etayotgan o‘zgarishlar Vashingtonni eng katta yo‘qotishlarga olib keladi. Vaziyat "globus tugab" - sayyorada, avvalgidek shu vaziyatgacha har doim bo‘lib kelganidek, iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichiga aylanishi mumkin bo‘lgan yangi hududlar va bozorlar tuguganligini anglanishi bilan keskinlashmoqda.

Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

Bunday sharoitda Amerika iqtisodiyotini qayta qurish va yangilash bo‘yicha har qanday harakatlar kosmetik va qisqa muddatli effektga olib keladi. Uzoq vaqt davomida barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan mutlaqo yangi manba kerak. Ko‘rinishidan, Donald Tramp yerdan tashqaridagi hududni shunday manba sifatida ko‘rmoqda.

Bu zamonaviy jamiyat nazarida juda shubhali fikr.

Ellik-oltmish yil oldin mutaxassislarning ham, keng ommaning ham XXI asrning boshlariga kelib, insoniyat kosmosni noyob va cheksiz manbalardan foydalangan holda unda tadqiqot ishlarini olib borilishiga ishongan.

Haqiqat unchalik optimistik emasligi ayon bo‘ldi.

Kosmos dunyodagi eng rivojlangan davlatlarning juda qimmat "hobbi" bo‘lib qolmoqda. Uning tijorat maqsadlarida ishlatilishi juda cheklangan (aloqa sun’iy yo‘ldoshlari va shunga o‘xshash loyihalar), ammo ommaviy axborot vositalari muntazam ravishda yomon yangiliklarni keltirmoqdalar. O‘tgan hafta hamma OneWeb-ning bankrotligi va Ilon Maskning yana bir muvaffaqqiyatsizligi haqida bildi.

Saudi Arabia Russia - Sputnik O‘zbekiston
Neft, viza va kosmos: Rossiya va Saudiya Arabistoni 20 tadan ortiq hujjat imzoladi

Shak-shubha yo‘qki, ertami-kechmi shunday jadal ilmiy va texnologik qadam bosiladiki, bunda insoniyat kosmosni kashf etishning yangi bosqichiga chiqadi va uni tijoriy jihatdan jozibador qiladi.

Biroq, ushbu muammoni tezda hal qilishga tavakkal qilish juda xavfli. Ammo Tramp buni amalga oshirishga harakat qilmoqchi, chog‘i.

Ko‘rinishidan, eng katta muvaffaqiyatsizliklardan qutulishga muvaffaq bo‘lgan biznesmen va davlat arbobi sifatida, u uzoq vaqtdan beri boshqaruv borasidagi tajribasidagi kuzatuvning asosliligiga ishonch hosil qildi: zarur manbalar (moliyaviydan boshlab mehnat manbalarigacha) va yetarlicha ma’muriy bosim bilan har qanday muammoni hal qilish mumkin.

Salkam har qanday muammoni deyish to‘g‘riroq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0