Roskosmos Trampning Oy zaxiralarini o‘zlashtirish to‘g‘risidagi farmonini tajovuzkor deb topdi

© Foto : NASA Zvezdi s borta MKS
Zvezdi s borta MKS  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, AQShning kosmik resurslarini qazib olish huquqlarini o‘zlashtirish bo‘yicha agressiv rejalari xalqaro hamkorlikka putur yetkazadi.

TOShKENT, 7 apr - Sputnik. AQShning kosmik resurslarini qazib olish huquqlarini o‘zlashtirish bo‘yicha agressiv rejalari xalqaro hamkorlikka putur yetkazadi. Bu haqda Roskosmos bosh direktorining xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Sergey Savelyev ma’lum qildi.

Poslednyaya za desatiletie golubaya Luna nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Oyni o‘ziniki qilib oldi: AQSh prezidenti yangi farmonga imzo chekdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 6-aprel kuni amerikaliklarning kosmik zaxiralarini qazib olish huquqini kafolatlaydigan farmonga imzo chekdi va boshqa mamlakatlar bilan olti oy davomida Oyda va boshqa kosmik jismlarda resurslardan foydalanish, aniqlash va qazib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni muhokama qilishga farmoyish berdi.

“Kosmosni ekpropriatsiya qilish va boshqa sayyoralarning hududlarini egallab olish uchun tajovuzkor rejalarni amalga oshirishga urinishlar mamlakatlarni samarali hamkorlikka chorlashi dargumon”, - deya Savelyevning so‘zlarini davlat korporatsiyasi matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qilgan.

“Tarixda o‘z manfaatlarini ko‘zlab hududlarni egallashni boshlashga qaror qilgan mamlakatlar va ular buning oqibatida nimaga duch kelgani haqida ko‘p misollar bor”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0