Amerika qulagan neft narxi uchun Rossiyani qanday jazolash haqida o‘ylamoqda

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishShtangoviy nasos
Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Neft bozoridagi "hammasi hammaga qarshi" formatida avj olgan narxlar urushi Vashingtonda Saudiya Arabistoni va Rossiyadan iloji boricha qattiqroq o‘ch olish, ularni qattiqroq jazolash istagini paydo qilyapti - deylik, "neft sanksiyalari" yordamida.

Agar narsalarni o‘z nomi bilan ataydigan bo‘lsak, shuni aytish mumkinki, amerikalik qonun chiqaruvchilar o‘z homiylari - Amerika shtatlari uchun asosiy soliq to‘lovchilar va ish beruvchilar bo‘lgan ko‘plab slanes kompaniyalarini himoya qilish uchun barcha (jumladan eng nojo‘ya) choralarni ko‘rishga tayyor. Agar buning uchun Rossiya va Saudiya neftiga qarshi embargo joriy etish kerak bo‘lsa, Respublikachilar partiyasi nufuzli vakillarining nazarida, abu ancha o‘rinli jazo bo‘ladi. Ular AQSh prezidenti Donald Trampdan ham ommaviy embargoni talab qilishmoqda, aslida. Amerika neft kompaniyalarini himoya qilishga bo‘lgan bunday yondoshuvning misli ko‘rilmaganligiga qaramay, umuman olganda, Oq uy bunday harakatlarga haqli ekanligini tan olish kerak. Ilgari ham, siyosiy maqsadlar Vashingtonni bir necha bor ular keyinchalik juda afsus chekkan qarorlar qabul qilishga olib kelgan.

OPEK slanes nefti qazib olishning “oltin davri” tugashini taxmin qilmoqda - Bloomberg

S&P Global Platts ixtisoslashgan axborot agentligi xabar qiladi: "Shimoliy Dakotadan bo‘lgan respublikachi senator Kevin Kramer <...> Trampga xat yozib, 1962-yildagi "Prezidentning savdo masalalarida huquqlarini kengaytirish to‘g‘risidagi" (Trade Expansion Act) qonunning  232-bandiga muvofiq Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEKning boshqa davlatlariga neft importiga embargo joriy etish kerakligini bildirdi. "Biz darhol signal berishimiz kerak; Qo‘shma Shtatlarni qo‘rqitib bo‘lmaydi, <...> bizdan shunchaki foydalanib bo‘lmaydi", - deb yozgan Kramer prezidentga.

Ushbu taklifni senatorning o‘zboshimchalik bilan qilgan tashabbusi sifatida qabul qilish mumkin edi, ammo janob Kramer oddiy qonun chiqaruvchi emas: u Donald Tramp saylov shtabining energiya siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi. Bu respublikachi prezident yaqinlari doirasidan, ya’ni Tramp Oq uyga ko‘chib o‘tgunga qadar ham u bilan birga ishlagan (bu juda xavfli mashg‘ulot edi). Bundan tashqari, Kramer aynan Amerika neft kompaniyalari manfaatlarini himoyalovchi vakil sifatida tanilgan. Prezident slanes ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish choralarini ko‘rishni allaqachon boshlaganini hisobga olgan holda, shuningdek, ko‘plab respublikachilardan tortib, AQSh moliya vaziri Mnuchingacha (u nimagadir favqulodda shaxsan o‘zi Rossiyaning Vashingtondagi elchisiga "tartibli energiya bozorlari" AQSh uchun qanchalik muhimligini aytib berishga qaror qilgan) amerikalik siyosatchilarning neft bozoridagi vaziyatni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilganligini hisobga olgan holda, embargo joriy etilishi ko‘zda tutilgan ssenariy amalga oshishi ehtimoli bor.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

Bunday chora-tadbirlarning g‘oyasi Saudiya va Rossiya nefti (shuningdek, OPEK davlatlari eksporti) AQSh slanes ishlab chiqaruvchilarini Amerikaning o‘zini bozorida bo‘g‘ib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Nazariy jihatdan, sxema quyidagicha ishlashi kerak: embargo joriy qilinadi, AQShda neft ichki narxlari ko‘tariladi, slanes ishlab chiqaruvchilar g‘alabani nishonlamoqdalar, aksiyadorlarga dividendlar va kreditorlar oldidagi qarzlar to‘lanmoqda, shuningdek, ishdan bo‘shatish va bankrotliklar bekor qilinmoqda. Bu nazariy jihatdan. Amaliyotda agar ushbu ssenariy amalga oshsa ham, ancha qiyin bo‘ladi.

Birinchidan, Rossiyaning AQShga eksporti Ar-Riyodning qarorlari tufayli neft narxi pasayguniga qadar o‘sishni boshlagan edi. O‘sish sababi, AQShning Eron va Venesuelaga qarshi e’lon qilingan sanksiyalari edi (va shundayligicha qolmoqda) - bu Amerika neftni qayta ishlash zavodlarining aksariyat qismi uchun talab qilinadigan neft navlarini ishlab chiqaruvchi ikki mamlakatdir. Tabiiyki, sanksiyalar sharoitida shunga o‘xshash neftni Rossiyadan sotib olish zaruriyati paydo bo‘ldi, chunki slanes ishlab chiqaruvchilari bunday neftni bermaydilar va AQSh qayta ishlash infratuzilmasini yangitdan jihozlash - ko‘p vaqtni oladigan, qimmat va umuman, foydasiz ishdir.

Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya neftining narxi to‘xtovsiz pasaymoqda

Rossiya neftining yetkazib berish hajmi nega oshganligi - hech maxfiy ma’lumot emas, balki Amerika OAVlari, xususan, Bloomberg nashri bir necha oylardan beri shikoyat qilib kelayotgan holatga (ular buning sababi sifatida sanksiyalarga ishora qilishgan edi) shu o‘rinda e’tibor berish kerakdir.

Rossiya, shuningdek, Saudiya Arabistoni va boshqa OPEK mamlakatlari embargo ta’siriga tushib qolsa, amerikaliklar bu vaziyatdan qanday chiqishlari – mutlaqo noaniq. Garchi shunga o‘xshash muammolar (biroz kamtarona ko‘rinishda bo‘lsa ham) Venesuela va Eronga qarshi sanksiyalar kiritilishidan oldin ham taxmin qilingan edi, ammo o‘shanda Davlat departamentini bu to‘xtata olmadi.

Yana bir muhim masala shundaki, embargo aynan AQSh iqtisodiyotiga ziyon yetkazishi aniq, chunki AQShdan tashqarida energiya talab qiladigan yoki neft-kimoviy ishlab chiqarishga ega bo‘lgan amerika korporatsiyalari neft arzonroq bo‘lgan joylarga ishlab chiqarishni ko‘chirishga harakat qiladilar va shunga mos ravishda Amerikadagi faoliyatni qisqartiradilar. Bundan tashqari shu kelib chiqadiki, Amerikaning barcha neft iste’molchilari neft ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berishadi va siyosiy nuqtayi nazardan, bu amaldagi prezident uchun juda xavfli vaziyatga aylanadi. Va Tramp hozirda Saudiya Arabistonini bilvosita talon-taroj qilish bilan shug‘ullanmoqda: Ar-Riyod dunyo bozorida o‘zining strategik zaxiralarini chaqaga sotayotgan paytda (Brent markali neft narxiga o‘n dollar chegirma bilan), Tramp AQShning strategik neft zaxirasini chaqa puliga qo‘shimcha 77 million barrelga to‘ldirmoqda va bu jarayon tugamaguncha unga narxning oshishi kerak emas - hech bo‘lmaganda bir necha hafta.

Tanker Prospekt Mendeleyeva - Sputnik O‘zbekiston
Neft Rossiya gazini pastga tortib ketolmaydi. Sababi quyidagicha

Slanes sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun keskin choralarni qo‘llashning imkonsiz yoki juda muammoli bo‘lishi mumkinligining yana ikkita muhim sababi bor. Demokratik partiya slanes sanoatining ommaviy ravishda bankrot bo‘lishini juda istaydi va kongressni esa aynan shu partiya boshqaradi va prezidentning ba’zi qonun loyihalari va qarorlarini agar u zaif slanes kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashning g‘ayrioddiy usullaridan foydalanmoqchi bo‘lsa "garovga olishi" mumkin. Amerikaning The Hill nashri ta’kidlaganidek, "tobora ko‘proq demokratlar narxlar pasayishi va koronavirus pandemiyasi sharoitida Oq uy neft va gaz sektoriga jiddiy yordam berishi mumkinligidan havotir bildirmoqda. Oq uy o‘tgan hafta oxirida strategik zaxiraga neft sotib olishini e’lon qilganidan keyin seshanba kuni demokrat-kongressmenlarning yigirma nafari prezident Trampga xat yuborgan, unda yoqilg‘ilarni qazib olish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga qo‘shimcha mablag‘larni taqsimlab berishdan ogohlantirgan edilar".

Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxi qulashi va muqobil energetika inqirozi kimga kerak?

Qolaversa, mustaqil slanes ishlab chiqaruvchilarga o‘xshab o‘z rahbariyatining bonuslarini oqlash uchun ishlaydigan, zararga ishlamaydigan va qarzlarni to‘lash uchun ishlab chiqarish  hajmini ko‘paytirishni talab qilmaydigan eski va yirik AQSh kompaniyalari ham slanes ishlab chiqaruvchilarining bankrotligini kutmoqda. Bundan tashqari, slanes inqilobining o‘zi Rokfeller imperiyasining (bir vaqtlar Amerika bozorida OPEKni eslatuvchi kartelda ishtirok etgan) bo‘laklariga katta moliyaviy zarar yetkazdi va bunga ishonch hosil qilish uchun amerikaning eski neft kompaniyalari aksiyalarining uzoq muddatli narxlari jadvaliga ko‘z yugurtirishning o‘zi yetadi. Ehtimol, ular embargolar yoki shunga o‘xshash boshqa choralar yordamida mustaqil konchilarni qutqarishga butun kuch bilan va muvaffaqiyatli qarshi turishga harakat qiladilar. Amerika slanes sektorini faqat amerika diplomatiyasi qutqarishi mumkin - qachonki, mo‘’jizaviy tarzda u Ar-Riyodni narxlar urushini to‘xtatishga ko‘ndira olsa.

Yangiliklar lentasi
0