UNWTO Bosh kotibi Abduhakimovga COVID-19 asoratlarini yumshatish bo‘yicha tavsiyalarini yo‘lladi

© SputnikPustie ulisi Buxari
Pustie ulisi Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz bunday murakkab vaziyatda hech kim e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashimiz kerak. Bunga esa umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida hozirning o‘zidanoq o‘zaroq kelishib, birdamlik bilan harakat qilsakkina erishamiz, deyiladi Zurab Pololikashvili murojaatida

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. BMTning Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO) hukumatlar hamda  tashkilotlarni turizm va sayohatlar sektori orqali ish bilan ta’minlash va iqtisodiyotni qo‘llab quvvatlashga ko‘mak berishga yo‘naltirilgan tezkor choralar qabul qilishga chaqirdi.

Janri - Sputnik O‘zbekiston
Turizm sektori pandemiyadan so‘ng qachon tiklanadi - ekspert fikri

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga yo‘llagan maktubida shu haqida ma’lum qilingan.

Uning ta’kidlashicha, bu COVID-19 koronavirus asoratlarini yumshatish hamda tiklanish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Maxsus tashkil etilgan Turizm sohasi bo‘yicha global inqiroz qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Tavsiyalar aynan shu maqsadga yo‘naltirilgan. 

"Dunyo ahli sog‘liqni saqlash sohasidagi global favqulodda vaziyatni boshdan kechirmoqda va bu jamiyat hamda insonlar turmush farovonligi uchun misli ko‘rilmagan asoratlarga olib kelishi mumkin. Turizm va sayohatlar sektori mazkur inqirozdan eng ko‘p jabrlangan sohalar qatoriga kiradi va xavf ostidagi millionlab ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun shoshilinch yordam ko‘rsatish talab etiladi", - deyiladi murojaatda.

Pololikashvili shuningdek ijtimoiy iqtisodiy sohada millionlab ish o‘rinlarining yo‘qotilishiga olib keluvchi global tanazzul kutilayotgani, bu ayniqsa ayollar, yoshlar va qishloq joylaridagi aholining zaif qatlamiga og‘ir zarba bo‘lishi haqida so‘z yuritadi.

Mavzoley Imam al-Buxari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Ziyorat turizmi haftaligi” kechiktirildi

“Butunjahon turistik tashkiloti yaqinda tashkil etilgan Turizm sohasi bo‘yicha global inqiroz qo‘mitasi yordamida muvofiqlashtirilgan va samarali javob choralarini ko‘rish maqsadida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti va xususiy sektor – YuNVTO a’zolari bo‘lgan Xalqaro aeroportlar kengashi, Xalqaro kruiz liniyalari uyushmasi, Xalqaro havo transporti uyushmasi hamda Jahon sayohatlar va turizm kengashi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Biz hukumatlar va ko‘p tomonlama tashkilotlarni turizm hamda sayohatlar  sektori yordamida ishga joylashish va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqiramiz, bu COVID-19 koronavirus asoratlarini yumshatish hamda tiklanish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi”, - deya ta’kidlaydi UNWTO bosh kotibi.

UNWTO yo‘llagan tavsiyalar uch guruhga ajratilgan bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida qo‘llash hamda ekotizimda ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘zaro muvofiqlikni talab etadi: inqirozni boshqarish va uning ta’sirini yumshatish; rag‘bat yaratish va tiklanish jarayonini tezlashtirish; kelajakka tayyorlanish.

“Biz bunday murakkab vaziyatda hech kim e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlashimiz kerak. Bunga esa umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida hozirning o‘zidanoq o‘zaroq kelishib, birdamlik bilan harakat qilsakkina erishamiz. Ishonchim komilki, bizning tavsiyalarimiz sizdagi davlat tashkilotlari va xususiy sektorga ayni kunda turizm sohasi duch kelayotgan ulkan muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi. Biz turizm bundan keyin ham iqtisodiyot va taraqqiyotning yetakchi kuchlaridan biri bo‘lib qolishi uchun kafolatlar bilan ta’minlashni istaymiz”, - deya o‘z murojaatini yakunlaydi Zurab Pololikashvili.

Yangiliklar lentasi
0