O‘zbekistonda “Ziyorat turizmi haftaligi” kechiktirildi

Obuna bo‘lish
12-16 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo bo‘ylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirilgan.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekistonda “Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari noma’lum muddatga kechiktirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 12-16 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo bo‘ylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirilgan.

Plenarnoe zasedanie Mejdunarodnogo yuridicheskogo foruma Tashkent Law Spring - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus sababli Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yuridik forum qoldirildi

Avvalroq O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ushbu choralar ko‘zlangan yangi koronavirus epidemiyasini O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida ko‘rilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. 

COVID-19

2020 yilning 11-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 119 mingdan oshgan. Koronavirus 100 dan ziyod mamlakatda qayd etilgan. Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 4292 kishi vafot etgan va 66 mingdan ziyod kishi esa tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0