Xitoy koronavirus vaksinasini turli mamlakatlar bemorlarida sinab ko‘rmoqchi

© REUTERS / Denis BalibouseProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlarning fikricha, virusdan eng ko‘p aziyat chekkan mamlakatlarda dorini sinovdan o‘tkazish yanada ishonchli natijalarga erishishga yordam beradi.

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. Yangi turdagi koronavirus vaksinasi ustida ishlayotgan xitoylik shifokorlar o‘z sinov geografiyasini chet mamlakatlarga kengaytirish niyatida, deb xabar beradi South China Morning Post.

Severokoreyskiy lider Kim Chen In vo vremya posesheniya fermi, KNDR - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya shifokorlari mamlakatda COVID-19 bilan bemorlanganlar yo‘qligini aytdi

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 ga qarshi vaksinani ishlab chiqish Xitoy Xalq-Ozodlik Armiyasi Harbiy Tibbiyot Akademiyasi olimlari va mamlakatdagi farmatsevtika kompaniyalarining mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda, vaksina ustida olib borilayotgan ishlarda Ebola virusiga qarshi vaksina tajribasi hisobga olingan.

Vaksinaning klinik sinovlari 16-mart kuni Uxanda boshlandi, unda yuzdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etdi. Olimlar noma’qul ta’sirning namoyon bo‘lishini aniqlash, shuningdek, ishtirokchilar tanasida koronavirusning S-oqsiliga qarshi maxsus antitanachalar hosil bo‘lganligini aniqlashni rejalashtirishmoqda.

"Biz virusni tez ushlab qoldik, endi vaksinani tekshirish uchun tasdiqlangan holatlar yetarli emas. Minglab odamlarning tekshiruvi talab qilinishi mumkin", -  deydi virusologlar.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentlar maxsus niqoblari - foto

Tadqiqot birinchi bosqichining dastlabki natijalarini aprel oyining oxirigacha olish rejalashtirilmoqda, ammo sinovning keyingi bosqichlarida shifokorlarga ishtirokchilar sonini ko‘paytirishi kerak bo‘ladi: gap minglab odamlar haqida ketmoqda. Shuningdek, olimlar ta’kidlashlaricha, ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlarda o‘tkazilgan testlar yanada ishonchli natijalarga erishishga yordam beradi.

Akademiya vakillarining bayonotiga ko‘ra, Xitoy chet elda vaksinaning sinovlarini faqatgina uning samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlash uchun boshlash niyatida. Ta’kidlanishicha, ko‘plab davlatlar tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirishdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Dunyo bo‘yicha 820 mingdan ortiq yuqtirish holatlari qayd etilgan, 40 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 190 kishini tashkil etmoqda. 2 kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0