So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 203 davlatida jami 935 mingdan ziyod nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 194 mingdan ziyodi kasallikdan davolangan. 47 mingdan ziyod inson esa virus qurboniga aylangan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 190 nafarni tashkil etmoqda.
Fuqarolar uyidan tashqariga shaxsiy himoya vositasi (niqob)siz chiqsa, qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish qonunga zid hisoblanadi.
Ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan qonunga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha, ya’ni 1 mln 115 ming so‘m miqdorda jarima jazosi qo‘llanilishiga asos bo‘ladi.
Niqob taqqan xorijiy davlat yetakchilari aks etgan suratlarni Sputnik jamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.