SSV tibbiy niqoblarni to‘g‘ri taqish foydasi haqida eslatdi

© AP Photo / Ebrahim NorooziPokupatel v maske v apteke v Tegerane
Pokupatel v maske v apteke v Tegerane  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-mart ertalab koronavirus bilan bemorlanganlar soni 55 nafarni tashkil etdi. Ushbu bemorlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolash muolajalarini olmoqda.

TOShKENT, 25 mar - Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy niqoblarni taqishda qoidalarga rioya qilmayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Tkanevie maski shirokogo naznacheniya - Sputnik O‘zbekiston
Chiqindilar orasidan tibbiy niqoblarni terib yurgan shaxs ushlandi

"Doka niqoblardan foydalanish, odamlar bilan muloqotda bo‘lganda masofani ushlash kerakligini qayta-qayta eslatapmiz. Shunga qaramay, doka niqoblarni taqishga yuzaki qarash, bu niqoblarni taqish qoidalariga rioya qilmaslik, shunchaki bo‘yniga, og‘ziga yoki iyagiga ilib qo‘yish holatlari uchrayapti", - deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

Ta’kidlanishicha, qachonki virus bir odamdan ikkinchi odamga yuqishi davom etarkan uning kasallik chaqirish qobiliyati ortib boradi. Kasallikni keyin yuqtirib olgan bemorda og‘ir kechishi, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Otabekov, bugundan boshlab, doka niqoblarni, himoya vositalarini taqmaganlarga nisbatan jazo qo‘llanilishi belgilab qo‘yilganini eslatib o‘tdi.

Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning O‘zbekistonga yurishi: oddiy odamlar hayotida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

"Har bir fuqaro o‘z salomatligi, oilasi, yaqinlari salomatligi uchun mas’ul ekanini, qolaversa respublikada epidemik vaziyatni barqaror ushlash bo‘yicha ham har bir shaxs mas’ul ekanini yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman", - deb qo‘shimcha qiladi epidemiolog va bu kasallikdan hech kim kafolatlanmaganini, aytib, ehtiyot bo‘lishga chorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-mart ertalab koronavirus bilan bemorlanganlar soni 55 nafarni tashkil etdi. Ushbu bemorlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolash muolajalarini olmoqda. Mazkur institut rahbariyati ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi daqiqalarda 13 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi – pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Ular intensiv-terapiya muolajalari olmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davolash profilaktika muassasalarida, profilaktoriyalarida, sanatoriyalarida tashkil etilgan maxsus izolyatorlarda hammasi bo‘lib 20 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlarini o‘tayapti. Ular tibbiy kuzatuvga olingan.

Yangiliklar lentasi
0