TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Xitoyda xantavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi, deb xabar qiladi Global Times.
Xabarga ko‘ra, Xitoyning Yunnan viloyatida yashovchi fuqaro avtobusda qo‘shni viloyatga borayotganida, to‘satdan vafot etgan. Uning kutilmagan o‘limidan so‘ng, shifokorlar erkakka xantavirus sindromi tashxisini qo‘yganlar. Ushbu kasallik xantavirus deb nom olgan virus tufayli yuzaga keladi.
Avtobusdagi qolgan 32 kishi zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ular orasida bemorlanganlar haqida ma’lumot hozircha yo‘q.
Xantavirus odamlarga kemiruvchilardan yuqishi mumkin. Virus kemiruvchilar tomonidan tashilib, ularning peshobida qoladi va havo orqali tarqaladi.
Odamdan odamga o‘tish bu virusga xos emas, faqat Argentina va Chilida holatlar qayd etilgan. Shuningdek, hasharotlar, ko‘rshapalaklar tishlashi oqibatida yuqishi ham mumkin.
Ko‘pincha issiq va quruq mavsumlarda, o‘rmonga sayr qilish uchun borganda yuqtiriladi.
Xantavirusning belgilari – bosh og‘rig‘i, zaiflik, yo‘tal, buyrak va ovqat hazm qilishdagi muammolar.