Karantinga olingan shaxsning telefoni nima uchun olib qo‘yiladi – vazirlik izohi

© PixabayMobilniy telefon v ruke
Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi karantinga olingan shaxsning telefoni nima uchun olib qo‘yilishini tushuntirdi. Uchta asosli sabab ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 25 mar - Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi nima sababdan barcha mobil moslamalar, shu jumladan, mobil telefonlar, bank kartalari va boshqa ma’lumot tashuvchi vositalari karantinga joylashtirilgan odamlardan olib qo‘yilishini tushuntirdi.

Respublika adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning so‘zlariga ko‘ra, buning uchta sababi bor.

“Birinchidan, virusologlarning fikriga ko‘ra, ushbu buyumlar infeksiyani o‘zlarida ushlab turish va uni yuqtirish qobiliyatiga ega, shuning uchun ularni karantin zonasiga kiritish sanitariya talablariga ziddir. Axir, infeksiya qog‘oz va plastmassa yuzasida eng uzoq vaqt - besh kungacha saqlanib turadi", - dedi u. Ikkinchidan, shu kunlarda hukumatning qarori bilan tasdiqlangan Nizomda, vaqtincha olib qo‘yilgan buyumlar yordamida bu shaxs bilan aloqada bo‘lganlarni va inkubatsiya davrida u tashrif buyurgan joylarni aniqlash uchun foydalanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan”.

Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus mobil telefon orqali ham yuqadi - Almatov

Vazir o‘rinbosari, masalan, Rossiyada mobil telefonlarning GPS funksiyasidan foydalanib, karantin ostidagi shaxs tashrif buyurgan joylar bo‘yicha tahlil o‘tkaziladi va olingan ma’lumotlar u bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan odamlar doirasini aniqlash uchun ishlatilishini ta’kidlab o‘tdi.

“Ba’zi hollarda karantindagi fuqarolar ular bilan aloqada bo‘lgan odamlar haqidagi ma’lumotlarni yashirishadi yoki unutishadi. Bunga virus aniqlagan “1-sonli kasallangan”misoldir”, - dedi vazir o‘rinbosari.

“Uchinchidan, ushbu cheklov shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatmaslik uchun yordam beradi”, - dedi Meliyev.

U ijtimoiy tarmoqlarda karantin joylaridan olingan videotasvirlar paydo bo‘lishiga va ko‘plab postlarda COVID-19 ga qarshi kurash choralari, chet eldan qaytib kelgan fuqarolarni ushlab turish shartlari to‘g‘risida asossiz va buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar joylashtirilganiga e’tibor qaratdi.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkin – olimlar

“Shu bilan birga, ko‘pincha ushbu muassasalarga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan qonun bilan belgilangan shaxsiy ma’lumotlarning cheklanishiga amal qilinmayapti. Qonunchilikka ko‘ra, shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradi”, - deb eslatadi adliya vazirining o‘rinbosari.

Buzilgan ma’lumotlar va faqat subektiv baholashlar aholi o‘rtasida vahima va mish-mishlar paydo bo‘lishiga hamda asossiz qarorlar qabul qilinishiga olib keladi, dedi u.

"Vaqtincha olib qo‘yilgan buyumlar kasalxonadan chiqqanidan keyin egalariga qaytariladi yoki uning qarindoshlari va vakillariga topshiriladi", - deya ishontirdi Meliyev. - Og‘ir kunlarda, butun O‘zbekiston, butun halq koronavirus bilan kurashayotgan damda, ko‘rilayotgan qat’iy choralar zarur".

Kompyuternoe izobrajenie, sozdannoe kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazivayet model, strukturno predstavlyayushuyu betakoronavirus, kotoriy yavlyayetsya tipom virusa, svazannogo s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus turli buyumlar ustida necha soat hayot kechira oladi?

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda birinchi marotaba COVID-19 koronavirusi Fransiyadan qaytib kelgan mamlakat fuqarosida aniqlangan. 25-mart kuni ushbu kasallikka chalinganlar soni 56 taga yetdi, ularning to‘rttasining ahvoli og‘ir. Besh kishi esa tuzalmoqda.

Hozirda 20 mingdan ortiq o‘zbekistonlik karantindad. Ularning ba’zilari kasalxonalarda, qolganlari uylarida izolyatsiyada.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 438 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 19 mingdan ziyodi vafot etgan. Tuzalib ketganlar qariyb 109 ming kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0