Koronavirusni pul va uyali telefon orqali yuqtirish mumkin – olimlar

© REUTERS/Thomas PeterVspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV
Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar koronavirusni yuqtirish mumkin bo‘lgan yangi holatlarni ma’lum qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yangi virus bilan pul yoki uyali telefon orqali yuqtirish mumkin.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Olimlar koronavirusni pul orqali yuqtirish mumkinligini ma’lum qildi. "Izvestiya" xabariga asosan.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi barcha parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, bolalardagi yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti Ivan Konovalovning so‘zlariga ko‘ra, yangi 2019- nCoV maishiy buyumlar, pul banknotalari va uyali telefonlar orqali, havo orqali yuqadigan har qanday infeksiya kabi yuqtirilishi mumkin.

Virus bemorning yo‘tal yoki aksirishi orqali havo tarqaladi, maishiy buyumlar ustiga tushadi. Bu gripp virusi, qizamiq, suvchechak, rinovirus va yangi koronavirusga xos.

Yangi koronavirus

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11791 odam u bilan zararlangan. Bir kun ichida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga ko‘paygan. Kasallikdan tuzalganlar soni 243 nafarga yetdi.

Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindiston, Rossiyada uqtirish holati qayd etilgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0