Koronavirus mobil telefon orqali ham yuqadi - Almatov

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax
Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov mobil telefoni o‘zida viruslar saqlashi mumkinligini aytgan holda, uni vaqti-vaqti bilan dezinfeksiyalash kerakligini qayd etdi

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. O‘zbekiston sanitar vrachi Bahrom Almatov mobil telefonlar orqali koronavirusning yuqishi ehtimoli yuqoriligini qayd etdi.

Mobilnaya laboratoriya dlya sdachi analizov na koronavirus v Latviyskom sentre infektologii v Rige. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 37 nafarga yetdi

"Bugungi kunda telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi ham mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham ko‘chib o‘tadi. Koronavirus to‘lqinlar orqali yuqmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak”, — dedi Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing davomida.

Almatov smartfonlarni vaqti-vaqti bilan dezinfeksiyalash zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusini yuqtirganlar soni 37 nafarni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0