Jamiyat

Yurak uchun eng xavfli mahsulotlar eʼlon qilindi

© Gov.uzVrach derjit rentgenovskiy snimok
Vrach derjit rentgenovskiy snimok - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qizil goʻsht, muzlatilgan mahsulotlar, energetik va alkogolli ichimliklar - yurak toʻxtashi va miokard infarkti, shuningdek miya shikastlanishi havfini oshiradigan mahsulotlardir.

TOSHKENT, 24 mart - Sputnik. Yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun nafaqat tananing ushbu tizimiga foydali boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol ratsioniga kiritish kerak, balki ayniqsa zararli taomlardan voz kechish kerak, deydi Ispaniyaning La Vanguardia gazetasiga kardiolog Pablo Kanepa. RIA Novosti maqolasiga asosan.

Zanyatiya yogoy. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yurak faoliyatini yaxshilovchi oddiy usul maʼlum qilindi

U qizil goʻshtni yurak uchun xavfli deb atadi. Ushbu mahsulot tarkibida koʻp toʻyingan yogʻlar mavjud, ularning isteʼmoli cheklangan boʻlishi kerak, ulardan mono va poli toʻyinmagan yogʻlarni isteʼmoli afzalliroqdir. Ularning manbai yongʻoq, birinchi bosimdagi zaytun yogʻi, pista, avokado va baliqning baʼzi turlari. Kardiolog menyuga goʻshtning parhez turlarini, masalan, tovuqni kiritishni maslahat berdi.

Bundan tashqari, nonushta uchun non va donlilar yormasini, shuningdek yarim tayyor mahsulotlardan - tayyorlangan va muzlatilgan piroglar, pitstsa, makaron pastalardan saqlanish kerak. Bunday ovqatlar transyogʻlarga boy, ular yomon xolesterin miqdorini koʻpaytiradi, vazn ortishini keltirib chiqaradi va yurak va qon tomir kasalliklari, shuningdek diabetning 2 turi xavfini oshiradi.

Kanepa alkogolsiz energetik ichimliklar ichishni qatʼiyan tavsiya etmaydi - kofeindan tashqari, ular tarkibida koʻp miqdorda shakar va zararli qoʻshimchalar mavjud. Energetiklar asab tizimiga qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatadi, bu esa oʻz navbatida yurak mushagi bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kapsulы s rыbim jirom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yurak uchun eng foydali vitamin maʼlum qilindi

Kardiolog yuqori qon bosimi bilan bogʻliq xavflarni oldini olish uchun tuz isteʼmolini kamaytirish muhimligini taʼkidladi. Uning eslatishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga koʻra uning kunlik meʼyori ikki grammdan oshmasligi kerak. Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi ushbu koʻrsatkichni 1,5 grammgacha kamaytirishni tavsiya qiladi. Kanepaning qoʻshimcha qilishicha, tayyor ovqat tarkibida ham bir grammga yaqin tuz mavjud, shuning uchun kunlik meʼyordan oshib ketish juda oson.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, yurak toʻhtashi va miokard infarkti, shuningdek miya shikastlanishi havfini oshiradigan alkogolli ichimliklardan ham voz kechish kerak.

Shuningdek, qaymoq ​​va sariyogʻ isteʼmolini cheklash ham foydalidir, deya qoʻshimcha qildi kardiolog.

Kanepa taʼkidlaganidek, oʻz yurak-qon tomir tizimining holatini kuzatadigan odamlar eʼtiborini mevalar, sabzavotlar, yongʻoqlar, dukkaklilar, baliq va zaytun yogʻiga boy, ammo goʻsht miqdori cheklangan Oʻrta yer dengizi parxeziga qaratgani maʼqul. Shuningdek, har kuni 45 daqiqa vaqtini jismoniy mashgʻulotlarga ajratish va zararli odatlardan voz kechish kerak.

Yangiliklar lentasi
0