Yurak faoliyatini yaxshilovchi oddiy usul ma’lum qilindi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishZanyatiya yogoy.
Zanyatiya yogoy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik mutaxassislar qon bosimini pasaytirish va yurak qon-tomir tizimi faoliyatini barqarorlashtirishga yordam beruvchi to‘g‘ri usulni ma’lum qildi.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Amerikalik mutaxassislar yurak faoliyatini yaxshilovchi oddiy usulni ma’lum qilishdi. Bu haqda Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi xabar qildi.

“Yoga qon bosimini pasaytirish va yurak qon-tomir tizimi faoliyatini barqarorlashtirishga yordam beradi”.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muntazam ravishda yoga bilan shug‘ullanish qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishda ko‘maklashadi. Shuningdek, stressga qarshi kurashishga yordamlashadi.

Chernika - Sputnik O‘zbekiston
Inson xotirasini yaxshilaydigan 7 ta mahsulot ro‘yxati – AQSh olimlari tadqiqoti

AQSh Emori universiteti dotsenti Puja Mexta so‘zlariga qaraganda, aynan qayg‘u-hasrat va ruhiy siqilish holati tufayli yurak bilan bo‘lgan muammoning paydo bo‘lishi oshadi.

Mutaxassisning ma’lum qilishicha, yoga bilan shug‘ullanayotganda chuqur nafas olish va o‘zini erkin his qilish holatlari sababli ruhiy siqilishlarning salbiy oqibatlari kamayadi.

O‘tkazilgan tadqiqot davomida mutaxassislar yoga bilan shug‘ullanish yurak- qon-tomir tizimini sog‘lomlashtirishini aniqlashdi. Xususan, 12 haftalik kurs davomida bemorlarning yurak qisqarish tezligi va qon bosimi pasaygani kuzatilgan. Shuningdek, ularning ruhiy ahvoli ancha yaxshilashgan.

Qayd etish joizki, yoga bilan shug‘ullanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish va yogani oddiy mashqlardan boshlash tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yurak qon-tomir xastaligi muammolariga duch kelganlarga banan iste’mol qilmasliklari tavsiya etilishi va banan infarkt va insultni boshidan kechirgan bemorlarning qayta tiklanish jarayonini sekinlashtirishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0