Almazbek Atambayevning sud majlisida mazasi qochdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Bivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni advokatini aytishicha, uning salomatligi keskin yomonlashgan

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Sud majlisi davomida sobiq prezident Almazbek Atambayevning sog‘ligi yomonlashgan va natijada sud jarayoni keyinga qoldirilgan, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston advokat Zamir Jooshevga tayangan holda.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov v sele Koy-Tash vo vremya spetsopratsii po zaderjaniyu bivshego prezidenta KR Almazbeka Atambayeva - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq prezident uyini shturm qilish operatsiyasi: Atambayevga ayblov xulosasi tayyorlandi

"Sud ertalab boshlandi. Majlis tushlik uchun tanaffusga to‘xtatilganida, Atambayevni qo‘riqchilar olib ketdi. Ular Atambayevning sog‘ligi yomonlashganini aytishdi. Atambayev qon bosimidan shikoyat qilmoqda", - dedi u.

Atambayevning advokati shuningdek, sudga GNKB SIZOsi tibbiy-sanitar xizmati tomonidan himoyasidagi shaxsning sog‘ligi yomonlashgani haqidagi aktni taqdim etgan.

Keyingi sud majlisi 30-martga qoldirilgan.

Ta’kidlash joizki, bu Koy-Toshdagi voqealar yuzasidan o‘tkazilayotgan birinchi sud majlisi edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 7-8 avgust kunlari Qirg‘iziston maxsus xizmatlari sobiq prezidentning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalarni qo‘llagan edi.

Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov Atambayev haqida: uning taqdiriga befarq emasman

O‘shanda Atambayevning tarafdorlari spesnazga javoban o‘t ochgan va shu bois, birinchi kuni sobiq prezidentni qo‘lga olishning imkoni bo‘lmagan. Atambayevning tarafdorlari olti nafar spesnaz jangchilarini asir olgan.

Ertasi kuni tarafdorlar va kuch tuzilmasi vakillari o‘rtasida yana to‘qnashuv yuz bergan va jang ertalabgacha davom etgan. Natijada, Atambayevning o‘zi kuch tuzilmalariga taslim bo‘lgan.

Qirg‘iziston parlamenti Atambayevni avgust oyidagi tartibsizliklar uchun javobgar, deb topgan.

To‘qnashuvlar vaqtida 136 kishi jarohatlangan va bir nafar spesnaz xodimi halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0