TOShKENT, 25 fev – Sputnik. 25-fevral, seshanba kuni prokuratura Qo‘y-Tosh qishlog‘ida yuz bergan voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish figuratlariga ayblov hujjatlari taqdim etdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Sobiq prezidentning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva Facebook’dagi sahifasida 14 kishilik ayblanuvchilar ro‘yxatini e’lon qildi: ular orasida Almazbek Atambayev; Farid Niyazov; Ravshan Jeenbekov; Irina Karamushkina va boshqalarning ismlari keltirilgan. 491 varaqda ayblov xulosa taqdim etilgan.
Ta’kidlanishicha, tergov bilan hamkorlik qilishga istak bildirgan kishilar alohida ish yurituvga ajratilgan.
Qo‘y-Tosh voqealari
2019 yil 7-avgust kechqurun Qirg‘iziston MXXQ kuchishlatar bo‘linmasi Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Almazbek Atambayevni qo‘lga olish operatsiyasini amalga oshirishga harakat qildi. Biroq shturm uning tarafdorlari tomonidan qaytarildi. Bir nafar spesnaz xodimi halok bo‘ldi.
Kelasi kun IIV operatsiya o‘tkazdi va oqibatda siyosatchi taslim bo‘ldi.
Almazbek Atambayev MXXQ SIZOga joylashtirildi, shuningdek, uning tarafdorlari hibsga olindi. Voqea joyda sobiq prezidentning maslahatchisi Joldubayeva ham bo‘lgan.