AQSh Erondagi epidemiyadan qanday foydalanish mumkinligini o‘ylab topdi

© AP Photo / Ebrahim NorooziDezinfeksiya poyezda v Tegerane
Dezinfeksiya poyezda v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi sutkaning o‘zida Eronda 130 kishi koronavirusdan vafot etdi - bu epidemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Jabrlanganlarning umumiy soni mingdan oshdi, yuqtirganlar - 17 mingga yaqin. Besh ming nafari tuzaldi. Ammo vaziyat murakkabligicha qolmoqda

TOShKENT, 21 mar - Sputnik, Galiya Ibragimova. AQSh va Eron o‘rtasidagi keskin to‘qnashuv hatto koronavirus pandemiyasi davrida ham davom etmoqda. Ushbu yuqumli kasallik tufayli vafot etganlar soni bo‘yicha Eron Islom Respublikasi Xitoydan keyin ikkinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatda o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparatlari, niqoblar va qo‘lqoplar yetishmayapti. Hukumat G‘arb sanksiyalari tufayli chet eldan dori vositalarini sotib ololmayapti. Amerikaliklar esa tobora ko‘proq cheklovlarni joriy qilmoqda. RIA Novosti COVID-19 avj olgan bir sharoitda Vashington va Tehron o‘rtasidagi asablar o‘yini nima bilan tugashini o‘rgandi.

Budda v zashitnoy maske na graffiti v Mumbae - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya G‘arb mamlakatlarining eng zaif joyini fosh qildi

Sanksiyalar Erondagi karantinni uzaytirmoqda

So‘nggi sutkaning o‘zida Eronda 130 kishi koronavirusdan vafot etdi - bu epidemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Jabrlanganlarning umumiy soni mingdan oshdi, yuqtirganlar - 17 mingga yaqin. Besh minggi tuzalib ketdi. Ammo vaziyat murakkab va oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan.

Hatto uzoq vaqt davomida vatandoshlarini hammasi nazorat ostida ekanligiga ishontirishga uringan Eron sog‘liqni saqlash vaziri Iraj Xarirchi ham COVID-19 bilan kasal bo‘lib qoldi. Eron Bosh vazirining ayollar va oila masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Masume Ebtekar virusga chalindi. Yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan ko‘plab parlament a’zolari hozirda karantinda.

Shu bilan birga, prezident Hasan Ruhoniy mamlakat kasallikning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tganini aytdi. Ammo bunga hech qanday dalil keltirmadi. "Biz virus tarqalishining o‘tkir bosqichini yengib o‘tdik, ammo men fuqarolarni barcha tibbiy tavsiyalarga rioya qilishga va zarurat bo‘lmaganida uydan chiqmaslikka chaqiraman", - dedi u koronavirus bilan kurashish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida.

Jiteli Tegerana idut po odnoy iz sentralnix ulis v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Eronda koronavirus yuqtirgan yuqori lavozimli amaldor vafot etdi

Davlat rahbari shaharlarning kirish va chiqish joylarida nazorat punktlari ochilganini ma’lum qildi, ammo huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va shifokorlar ma’muriy chegaradan o‘tgan fuqarolarning sog‘ligini tekshirishda davom etmoqdalar.

Epidemiologik vaziyatni yaxshilash uchun hukumat 85 ming siyosiy mahbusni ozod qilgan. Sud tizimi vakili Golam Xoseyn Ismoiliy, qamoqxonalarda profilaktika choralari ko‘rilishini aytdi.

Tehron, amnistiya - bu BMT chaqirig‘iga javob ekanligini ta’kidladi. Endi ular yordamga umid qilishmoqda. Tashkilot bosh kotibi Antonio Guterrishga yo‘llagan xatlarida, shuningdek, turli mamlakatlar rahbarlariga qilgan murojaatlarida Eron hukumati epidemiyani oldini olishga va chet eldan tibbiy ashyolar va jihozlarni o‘z vaqtida sotib olishga imkon bermaydigan iqtisodiy sanksiyalarni olib tashlashni so‘radi.

"Eronning koronavirus infeksiyasini tashxislash va davolash borasidagi sa’y-harakatlariga Vashingtonning iqtisodiy qo‘poruvchiligi to‘sqinlik qilmoqda. Biz bemorlar uchun muhim insonparvarlik yordami yetkazib berishda cheklanganmiz. Sanksiyalar xalqaro insonparvarlik huquqi asoslarini buzadi", - deb bayonot berdi Tehron.

Zdanie Ministerstva inostrannix del RF. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Vashingtonni zudlik bilan Erondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirmoqda

Eron rasmiylari Islom Respublikasi tarixida birinchi marta qilgan yana bir misli ko‘rilmagan qadam bu XVFdan besh milliard dollar qarz so‘rashi bo‘ldi. Ammo qarz to‘g‘risidagi qarorni ushbu moliyaviy tashkilotning eng katta va obro‘li a’zosi bo‘lgan AQShsiz hal qilish mumkin emas, shuning uchun Tehron bunga ko‘p ham umid qilmaydi.

Eronni qo‘llab-quvvatlayotgan Xitoy va Rossiya mamlakatga qarshi davom etayotgan bosimni "axloqsiz" deb atamoqda.

Imtiyozga "yo‘q"

Eron hukumati tomonidan koronavirusga qarshi kurash bilan parallel ravishda sanksiyalarni bekor qilish uchun olib borilayotgan diplomatik urush hozircha bularning foydasiga hal bo‘lmayapti. Amerika Qo‘shma Shtatlari chaqiriqlarga hamon quloq solmayapti. Bundan tashqari, pandemiyada sharoitida Vashington, aksincha, Islom Respublikasiga bosimni kuchaytirmoqda. Sababi o‘sha-o‘sha: go‘yoki Tehron haligacha yadro dasturini noqonuniy rivojlantirmoqda.

Kitay, mi s Toboy: Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Pekin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamini yubordi

"AQSh Savdo vazirligi 2004-yilda yadroviy dasturni ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan besh eronlik olimlarga qarshi sanksiyalar kiritmoqda. Va bugungi kunda ular hukumat uchun ishlamoqda", - dedi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.

Biroq, u epidemiya rivojini kuzatayotganiga ishora qildi. "Eron rejimi kasallarning ehtiyojlariga e’tibor berishning o‘rniga fuqarolarga noto‘g‘ri ma’lumot berish kampaniyasini olib bormoqda. Islom respublikasi diniy rahbarlari Xitoyning Uxan provinsiyasiga virusni amerikaliklar olib kirgan deb yolg‘on xabar tarqatishda davom etmoqda. Axir biz eronliklarga yordam berishga harakat qilmoqdamiz", - dedi davlat kotibi.

Haqiqatan, harakat qilishmoqda. Fevral oyi oxirida, mamlakatda kuniga besh yuz kishi koronavirusga chalinayotgan paytda, Vashington insonparvarlik yordamiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashga rozi bo‘ldi.

Amerikacha kuzatish rejimi

Eron bo‘yicha mutaxassis Yuliya Sveshnikova "RIA Novosti"ga bergan intervyusida, hozirgi paytda butun diqqat-e’tibor koronavirusga qarshi kurashga qaratilganligini ta’kidladi. Besh nafar olimga nisbatan kiritilgan Amerika sanksiyalarini hech kim payqamadi ham.

Mikrobiologicheskie issledovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi

"Epidemiya holatida Vashington sanksiyalarini Tehron genotsid va xuquqga zid, deb tan oladi. Vaziyat juda murakkab. Eronga Xitoy, Qatar va Quvayt yordam bermoqda. Shuningdek yordam JSST tomonidan ham ko‘rsatilmoqda. Ammo bularning barchasi yetarli emas", - dedi Sveshnikova.

Murakkab iqtisodiy holat vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Qimmatligiga qaramay, do‘konlarda oziq-ovqatlar bor. "Ammo agar saylovlar oldidan hukumat narxlarni ushlab turishga uringan bo‘lsa, fevraldagi parlament kampaniyasi bu holatni boshqa hech kim nazorat qilmayotganligini ko‘rsatdi. Valyuta keskin oshdi. Ichki ziddiyat kuchaymoqda va bu keyinchalik o‘zini namoyon qilishi mumkin. Lekin hozir birinchi navbatda - odamlarni kasallikdan qutqarish muhim", - deydi mutaxassis.

"Yangi sanksiyalar - Iroqdagi Taji bazasiga qilingan hujumga javob. Ikki AQSh askari halok bo‘ldi. Dekabr oyi oxirida Iroqda amerikalik askarning o‘ldirilishi IICK rahbari Kassam Sulaymoniyni yo‘q qilish bilan tugagan zanjirli reaksiyaga olib keldi, va bunday keskin reaksiyani taxmin qilsa bo‘lardi. Oq uy bu hujumlarning barchasi ortida Eron turganiga shubha qilmaydi", -deydi PIR-markazi maslahatchisi Andrey Bakliskiy.

Jiteli odnogo iz gorodov Yujnoy Korei v zashitnix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni boshdan kechirgan erkak qanday qilib kasallanmaslik haqida so‘zlab berdi

MGIMO xalqaro tadqiqotlar instituti tahlilchisi Adlan Margoyev RIA Novosti agentligi bilan suhbatda, agar amerikaliklar sanksiyalarni yengillashtirgan taqdirda ham hamma mamlakatlar darhol Eronga yordam berishni boshlamaydi, degan fikrni bildirdi. "Cheklov choralari bugungi kunda ham tibbiy tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha tranzaksiyalarga ta’sir qilmaydi. Ammo xorijiy bank, xoh dori-darmonlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirgan taqdirda ham, nazorat organi bo‘lgan AQSh moliya vazirligi uni baribir yuqori xavf toifasiga kiritishi mumkin. Bundan kelib chiqadi-ki, kredit tashkilotlari amerikaliklarga hisobot bergandan ko‘ra, Tehron bilan aloqani uzish osonroq kechadi", - deya tushuntiradi Margoyev.

Uning fikricha, amerikaliklar sanksiyalarni olib tashlamaydi va epidemiya fonida mamlakatda ijtimoiy tanglik qay tarzda kuchayayotgani, siyosiy rejim esa - zaiflashayotganini kuzatishda davom etadi. "Koronavirus epidemiyasi pasayganda, navbatdagi norozilik yuz berishi ehtimoli bor. Ko‘rinib turibdiki, AQSh aynan shunga umid qilmoqda", - deya xulosa qiladi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0