"Bu tashvishli kunlar ortda qoladi": Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident o‘z tabrigida bu yilgi Navro‘z bayramida ommaviy tadbirlar vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olgan holda to‘xtatilganini qayd etdi.

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Bugun O‘zbekistonda Navro‘z. Mavjud qiyinchilik va sinovlarga qaramasdan, hayot davom etadi. Bu yil Navro‘z ayyomi xonadonlarda, oilaviy davralarda keng nishonlanmoqda. Ushbu munosabat bilan mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini kirib kelgan ayyom bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarini yo‘lladi.

V poslednie 2-3 dnya nizkiy trafik blagodarya chemu pochti net probok - Sputnik O‘zbekiston
Karantin vaqtidagi Toshkent - sara suratlar

"Hammamiz yaxshi bilamiz, Navro‘z tinchlikni, sihat-salomatlikni qadrlab, asrab-avaylab yashashga da’vat etadi. Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz. Lekin hozirgi global dunyoda bu juda murakkab vazifa bo‘lib qolayotganini barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz.

“Yil yilga o‘xshamaydi”, degan gap bejiz aytilmagan. Hayot hech qachon bir tekis kechmaydi. Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor.

Bu haqiqatni shu kunlarda yanada chuqur his etmoqdamiz. Bugun koronavirus infeksiyasi degan jiddiy bir xavfga duch keldik. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatarni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Odna iz krunix sport kompleksov JAR toje ushel na karantin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 9 mingdan ortiq odam karantinga qamrab olingan

Go‘zal diyorimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz yanada jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mas’uliyat ko‘rsatib, mo‘’tabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon o‘tamiz, deb ishonaman", - deb qayd etgan davlat rahbari o‘z tabrigida.

Shuningdek, prezident vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, bu yilgi Navro‘z bayramida ommaviy tadbirlar o‘tkazish to‘xtatilganiga aniqlik kiritgan.

"Vaziyatni to‘g‘ri tushunib, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun xalqimizga yana bir bor rahmat aytaman. Nasib etsa, tez orada bu tashvishli kunlar ortda qoladi. Bunday sayil-tomoshalarni, to‘yu tantanalarni el-yurtimiz bilan birgalikda hali ko‘p-ko‘p o‘tkazamiz", - deb ishonch bildirgan prezident.

Yangiliklar lentasi
0