Covid-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari 16-martdan yopildi, shuningdek, Navro‘z xalq sayillari, ommaviy marosimlar va odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar bekor qilindi. O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatildi.
Hukumat fuqarolardan vahimaga berilmaslik va xotirjamlikni saqlashni so‘ramoqda.
Poytaxtda odamni jig‘ibiyron qiladigan tirbandlik o‘z o‘zidan yo‘qoldi. Ob-havoning ajoyib bo‘lishiga qaramasdan qishda ham gavjum bo‘lgan "Tashkent-Siti" huvillab qolgan. Kamdan kam odamlarni ko‘rish mumkin.
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida "Sanitar kuni" deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilgan.
Karantidagi Toshkentning sara suratlari Sputnik fotojamlanmasida.
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga kirish joylaridan biri.
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga kirish joylaridan biri.