TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Bugungi kunga qadar 9 mingdan ortiq kishi karantinga olingan, deb xabar qildi Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.
Ta’kidlanishicha, ularning salkam 7 ming nafariga uyiga javob berilgan. Hozir vaqtda 2,3 ming nafar kishi karantin muddatini o‘tamoqda.
Shuningdek, Otabekov, O‘zbekistonda koronavirusning oldini olish bo‘yicha tadbirlar yuqori darajada tashkil ekanligi, barcha imkoniyatlar ishga solinayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekistonga Xitoydan mutaxassislar keladi
"Prezidentimiz xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olib bo‘yicha topshiriq berganlar. Bu tez kunda sodir bo‘lishi mumkin. Biroq shuni aytish kerakki, bugungi kunda ham har bir qadamda Xitoy tajribasi inobatga olinmoqda", — deb qo‘shimcha qildi Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.