Eronda koronavirus yuqtirgan yuqori lavozimli amaldor vafot etdi

© Sputnik / Anton Bystrov / Mediabankka o‘tishJiteli Tegerana idut po odnoy iz sentralnix ulis v meditsinskix maskax
Jiteli Tegerana idut po odnoy iz sentralnix ulis v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik amaldor koronavirus yuqtirib olganini ta’kidlagan. 1-mart kuni u Tehrondagi kasalxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Eronda Muvofiqlik kengashi (Eron oliy rahbari qoshidagi kengash organi) a’zosi Muhammad Mirmuhammadiy vafot etdi. Bu haqda Fars agentligi xabar qilmoqda.

Vitse-prezident Irana po delam jenshin i semi Masume Ebtekar - Sputnik O‘zbekiston
Eron vitse-prezidenti koronavirusga chalingani aniqlandi

O‘limning aniq sababi aytilmayapti. Biroq agentlik avvalroq amaldor koronavirus yuqtirib olganini ta’kidlagan. 1-mart kuni u Tehrondagi kasalxonaga yotqizilgan.

Mirmuhammadiy 72 yoshda edi. Hayoti davomida u ikki marotaba Qum provinsiyasidan Eron Majlisiga (parlamentiga) deputat etib saylangan.

Eron Xitoydan tashqarida koronavirus avj olgan yetakchi davlatlardan biri sanaladi.  

1 mart kuni Eronda yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 987 kishiga yetgani xabar qilindi, ulardan 54 nafari vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0