Pandemiya G‘arb mamlakatlarining eng zaif joyini fosh qildi

© AFP 2023 / Indranil MukherjeeBudda v zashitnoy maske na graffiti v Mumbae
Budda v zashitnoy maske na graffiti v Mumbae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Millatga favqulodda murojaatlar, qamoqxonalardan ozod etilgan mahbuslar va karantinga yopib tashlangan shaharlar - jahon yangiliklari kishini hayratga solishda davom etmoqda.

TOShKENT, 21 mar - Sputnik, Sofiya Melnichuk. Millatga favqulodda murojaatlar, qamoqxonalardan ozod etilgan mahbuslar va karantinga yopib tashlangan shaharlar - jahon yangiliklari kishini hayratga solishda davom etmoqda. Ammo umumiy tahdid oldida birlashish o‘rniga, davlatlar kim va kimning maqsadlariga to‘g‘anoq bo‘lishni aniqlash bilan ovora. Bunda nafaqat strategik raqiblar, balki uzoq muddatli sheriklar, yaqin qo‘shnilar ham bir-birlariga o‘z e’tirozlarini bildirmoqdalar.

Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik olimlar koronavirusning to‘liq genomini rasshifrovka qilishdi

Feyklar jangi

Xitoy koronavirus epidemiyasidan asta-sekin tiklanmoqda - dala kasalxonalari yig‘ishtirilmoqda, yirik shaharlarda kafe va restoranlar qayta ochilmoqda, hukumat esa axborot maydonida faol harakatga o‘tdi. Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjan Liszan 12-mart kuni virusni mamlakatga AQSh harbiylari olib kirgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Bunday "surbetlarcha dezinformatsiya kampaniyasi" sababli elchi Suy Tankay AQSh Davlat departamentiga chaqirildi. Xitoylik diplomatlar pandemiya vaziyatida hamkorlik qilish kerakligini eslatib, vaziyatni yumshatishga harakat qilishdi. Biroq, xushmuomalaliklar almashinuvi shu bilan to‘xtamadi. Donald Tramp o‘z tvitterida SARS-CoV-2-ni bir necha bor "xitoy virusi", deb atadi. Uning siyosiy raqiblari bunda irqchilik bo‘y cho‘zganini ko‘rishdi.

Letuchaya mish – netopir-karlik. - Sputnik O‘zbekiston
Biolog koronavirus pandemiyasi qachon tugashi mumkinligini aytdi

Kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan CNBC muxbiri - Szan Veyszya ham olovga yog‘ purkadi. U o‘z mikroblogida Oq uy xodimlaridan biri koronavirusni Kung-flu deb atadi, deb yozdi ("kung-fu" va ingliz tilidagi gripp nomi - "flu" so‘zlaridan olingan - tahr.).

Oval kabinet egasining o‘zi bu bilan faqat virusning kelib chiqishiga ishora qilganini tushuntirdi. "Biz nima haqida bahslashapmiz? Men uni qayerdan kelib chiqqanini aytdim xolos: Xitoydan", - dedi prezident jurnalistlarga. Pekinni bu talqin baribir g‘azablantirdi. Bunday bayonotlardan maqsad - XXRga sharmandalik tamg‘asini bosish, deya ta’kidladi xitoylik diplomat Gen Shuan.

Xitoyda Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari: New York Times, Wall Street Journal, Washington Post gazetalari, faoliyatini cheklashga qaror qilindi, shuningdek, Time jurnali va " Voice of America " radiosi ham sanksiyaga duchor bo‘ldi. Nashrlarga XXRdagi xodimlar, moliyalashtirish, faoliyat turlari va ko‘chmas mulk to‘g‘risida hukumatga ma’lumot berish majburiyati yuklandi. Bundan tashqari, ba’zi muxbirlarga o‘z press- kartalarini topshirishga va mamlakatda jurnalistik faoliyatni to‘xtatishlariga to‘g‘ri keladi.

Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Ekspertlar koronavirusning Amerikadan tarqalgani haqidagi versiyaga baho berishdi

Vashington yana bir "revizionist davlat" – Eronni ham dezinformatsiyada aybladi. U yerda ham SARS-CoV-2 AQSh biologik quroli ekanligini taxmin qilishdi. Davlat kotibi Mayk Pompeo esa Tehronni epidemiya ko‘lami haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda aybladi. "Eron rahbarlari o‘z xalqi ehtiyojlariga e’tibor qaratish va samimiy yordamni qabul qilish o‘rniga, bir necha hafta davomida Uxan virusi haqida yolg‘on tarqatmoqda", - dedi u.

Pompeo Eron hukumati koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikdan qochayotganiga ishonadi. Tehron amerikaliklar tomonidan taklif qilingan yordamni haqiqatan mensimadi va rad etdi.

Shu bilan bir paytda, NBC manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Iroqdagi g‘arb koalitsiyasi bazasiga uyushtirilgan raketa hujumi uchun Eron obyektlariga javob zarbasini qaytarishdan voz kechgan. Vashington fikricha, bularning orqasida Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan "Kataib Hizbulloh" uyushmasi turadi. Ammo javob harakatlari shunga olib kelishi mumkin-ki, AQSh dunyo jamoatchiligi ko‘z o‘ngida "yomon ko‘rinib qolishi mumkin", axir Eronda yangi virus tarqalishi tufayli murakkab vaziyat yuzaga kelgan.

Zdanie Ministerstva inostrannix del RF. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Vashingtonni zudlik bilan Erondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirmoqda

Ayni paytda, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi katta bosimda qolgan. Koronavirus tufayli u yerda hatto 85 ming maxbus qamoqhonalardan ozod qilingan. Prezident Hasan Ruhoniy dunyo yetakchilarini infeksiyaning tarqalishiga qarshi samaraliroq kurashish uchun sanksiyalar olib tashlanishiga yordam berishga chaqirdi. Bunda Tehronni Moskva va Pekin qo‘llab-quvvatlamoqda.

Vaksina uchun kurash

Mutatsiyaga uchragan virusga qarshi vaksinaning ishlab chiqilishi - transatlantik sheriklar - AQSh va Germaniya o‘rtasida ziddiyatni keltirib chiqardi.

Mart oyi boshida nemis CureVac biotexnologik kompaniya rahbari Daniyel Manikella Oq uyda Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens bilan uchrashdi. "Biz bir necha oydan keyin dori tayyor bo‘lishiga qat’iy ishonamiz", - dedi Manikella muzokaralardan so‘ng. Ammo, ikki hafta o‘tgach, u o‘z lavozimidan ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp koronavirusga qarshi vaksina yaratayotgan nemis olimlarini og‘dirishga urinmoqda

Germaniya hukumatidagi manbalar jurnalistlarga AQSh prezidenti tadqiqotchilarni okean ortiga og‘dirib olishga harakat qilgani haqida xabar berdi. Welt am Sonntag nashri ma’lumotiga ko‘ra, Tramp olimlarga agar ular Amerika laboratoriyalarida ishlashga rozi bo‘lsa, 1 milliard dollar mablag‘ va’da qilgan.

Berlin Oq uyni g‘arazli manfaatlarda gumon qildi, Germaniya Ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer esa kansler Angela Merkel Vazirlar mahkamasining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishini, yig‘inda, shu jumladan, CureVac hatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zarar muhokama qilinishini ma’lum qildi.

Zeyehoferning so‘zlariga ko‘ra, gap "nafaqat sog‘liqni saqlash sohasidagi inqiroz, balki milliy xavfsizlik haqida" ketmoqda. 18-mart kuni Merkel nemis millatiga qilgan murojaatida Germaniya xalqi bunday jiddiy chaqiriqlarga Ikkinchi Jahon Urushidan beri duch kelmaganini tan oldi. "Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi jahondagi eng yaxshilardan biridir ehtimol, ammo yangi kasallikka qarshi vaksina hali yo‘q", - deya ta’kidladi kansler.

Probirki v ximicheskoy laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishga tanlov e’lon qildi

Yevropa Ittifoqi ancha vaqtdan beri Vashington yevropa texnologik ishlanmalarini o‘zlashtirishni istayotganidan havotirda. Fevral oyida AQSh bosh prokurori Uilyam Barr amerikaliklarni Yevropaning ikkita yirik telekommunikatsiya kompaniyalari - Ericsson va Nokia ustidan qay tarzda nazorat o‘rnatish mumkinligi ustida bosh qotirishga chaqirganidan keyin yana bir janjal ko‘tarildi.

Vaksinaga oid hozirgi fitnalar AQSh va Germaniya o‘rtasida 2004-yilda Merkelning telefonini tinglash bilan boshlangan ziddiyatlar ketma-ketligiga ustma-ust qo‘shilmoqda. Trampning Yevropadagi ittifoqchilardan NATO va boshqa og‘riqli nuqtalarga o‘z YaIMining ikki foizdan kam bo‘lmagan mablag‘ini ajratishi talabi, xuddi shu qatordan o‘rin olgan, deydi RIA Novostiga Rossiya Fanlar akademiyasining Yevropa Instituti Germaniya tadqiqotlari markazi yetakchi tadqiqotchisi Aleksandr Kamkin. "Maxsus xizmatlar kansler suhbatlarini eshitishi - bu boshqa gap - albatta, bu hafa qiladi, ranjitadi, lekin buni tushunsa bo‘ladi, - deydi u. -  Ammo global vahima fonida butun boshli davlatning xavfsizligi savol ostiga qo‘yilsa, bu mutlaqo boshqa masala, bunda stavkalar ham boshqa, munosabat ham ayricha".

Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii  - Sputnik O‘zbekiston
Londonda koronavirus tufayli marodorlik boshlandi - video

"Aftidan, Zeyexofer shunchaki portladi. Qo‘shma Shtatlarning imperialistik messianizmidan norozilik Evropaning aksariyat mamlakatlarida qaynash darajasiga yetdi", - deydi o‘z fikri yakunida suhbatdosh.

Boltiq tirbandligi

Sharqiy Yevropada ham nizolar avjiga chiqmoqda. Litvaliklar, misol uchun, o‘z uyiga Germaniya-Polsha chegarasi orqali qayta olmayapti. Polsha tranzitni yopgan va nazorat punktlarida yuzlab mashinalardan iborat navbatlar paydo bo‘lgan. Latviya, Estoniya va Ukraina fuqarolari chegarada qolib ketishgan. Ular norozilik belgisi sifatida yo‘lni to‘sib qo‘yishdi.

Muzokaralar hech qanday natija bermadi. Endi yuzlab insonlar uyga qaytishning muqobil yo‘llarini izlashga majbur bo‘ladi.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko koronavirus, aroq va Jirinovskiy haqida latifa aytib, kuldirdi

Biroq, aylanma yo‘llarda ham qiyinchiliklar paydo bo‘lmoqda. 16-mart, dushanba kuni, litvaliklar bilan kulgili voqea yuz berdi: ular Latviyaga samolyotda yetib olib, taksiga o‘tirishdi. Chegarada ularning mashinasini haydovchi latviyalik bo‘lgani uchungina o‘tkazishmadi. Natijada, yo‘lovchilar Litvaga jomadonlarini ko‘tarib piyoda ketishga majbur bo‘lishdi.

Xitoylik og‘a

Koronavirusga qarshi kurashda YeI yordamidan - "umum-yevropa uy"iga ancha vaqtdan buyon intilganlar, masalan, Serbiya ham umid uzdi. "Men hozircha istiqbol uchun xulosalar qilmayman, ammo biz xalqaro yoki Yevropa hamjihatligi yo‘qligini tushundik. Bularning barchasi qog‘ozdagi ertak ekan", - dedi alam bilan Serbiya rahbari Aleksandr Vuchich.

U Yevropalik sheriklarning harakatlarini tanqid qildi va: Yevropa Ittifoqi Serbiya pullariga muhtoj bo‘lganida, Brussel Yevropa kompaniyalari shartnomalar olishi uchun tenderlar shartlarini o‘zgartirishni talab qilganini eslatib qo‘ydi. "Falokat yuz berdi va Serbiya pullari yordam bermay qoldi. Buning uchun katta rahmat, - ishoning, o‘z minnatdorchiligimni bildirish yo‘lini topaman", - dedi Vuchich.

Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
Ekspertlar YeIning Rossiyaga nisbatan koronavirus bo‘yicha ayblovlari haqida

Shu bilan birga, Serbiya rahbari, XXR raisi Si Szinpinni "og‘a", deb atadi va ko‘mak uchun unga murojaat qilganini aytdi.

Pekinga boshqa davlatlar ham umid bildirishmoqda. Si Szinpin Ispaniyaga yordam berishga va’da berdi, Italiya esa xitoylik shifokorlarning ikkinchi guruhini kutib oldi. Oltmish ming dona koronavirus testi, intensiv terapiya jihozlari, 9 tonna tibbiy ashyolar va dorilardan tashqari, an’anaviy sharq tabobati preparatlari ham yetkazib berildi.

Xitoyning Yevropa mamlakatlariga yordami turlicha qabul qilinishi mumkin, deb hisoblaydi Moskva Karnegi markazi maslahatchisi Temur Umarov. "Italiya "Kamar va yo‘l" tashabbusini qabul qilgan bir paytda, Fransiya va Germaniya Pekin bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni faol targ‘ib qilar ekan, Xitoy bozorining aksariyat sektorlari Yevropa kompaniyalari uchun hamon berk",- dedi u RIA Novosti agentligiga.

"Koronavirus pandemiyasi, ehtimol, Yevropaning Xitoyga nisbatan shubhalarini yo‘qqa chiqaradi. Garchi Pekinda Yevropa yetakchilari ishtirokida o‘tkazilajak keng ko‘lamli sammit bekor qilingan bo‘lsa ham, Xitoyning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda ko‘rsatgan yordami mamlakatning ijobiy imijini kuchaytiradi. Brussel Pekindan allaqachon ikki million tibbiy niqob va virusni aniqlash uchun 500 ming test tizimlarini qabul qilib oldi", - deya eslatadi siyosatshunos.

Biroq, Umarovning fikricha, ishonchsizlik oxirigacha yo‘qolmaydi. Bunga misol qilib o‘sha - Aleksandr Vuchichning otashin nutqini keltirish mumkin. "Ehtimol, o‘zi xohlamagan holda, Pekin Yevropa mamlakatlarini urishtirmoqda", - deya xulosa qiladi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0