Narx barqarorligi, asossiz vahimani oldini olish: Bosh prokuraturada shtab tuzildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tuzilgan shtablar va hududiy ishchi guruhlar aholi orasida asossiz vahima va xavotirlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi, narx-navo barqarorligini ta’minlaydi. Shuningdek, qoidabuzarlarni javobgarlikka tortadi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bosh prokuraturada epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida shtab tuzildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.

Sanitarnaya obrabotka v zdanii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 13 nafarga yetdi

Ta’kidlanishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligida Shtab, viloyat va unga tenglashtirilgan prokuraturalarda viloyat prokurorlari rahbarligida hududiy shtablar, tuman - shahar prokuraturalarida tuman prokurorlari rahbarligida hududiy ishchi guruhlar tuzildi.

Shtablar va ishchi guruhlar faoliyatiga sog‘liqni saqlash, sanitariya - epidemiologik osoyishtalik, sanitariya - epidemiologiya nazorati, soliq, ichki ishlar organlari vakillari jalb etildi.

Shtablar va hududiy ishchi guruhlar sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi. Aholi orasida asossiz vahima va xavotirlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari va tibbiy buyumlar narx-navosi barqarorligini ta’minlaydi.

Shuningdek, ularg qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.

Yangiliklar lentasi
0