Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkin - AQSh

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishProxojie v zashitnix maskax na odnoy iz ulis v Pekine
Proxojie v zashitnix maskax na odnoy iz ulis v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 virusini avj olishini pandemiya deb e’lon qildi. Hozirda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan bemorlangan kishilarning umumiy soni 167 511 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Xitoyda karantin bekor qilingudek bo‘lsa, COVID-19 virusi infeksiyasini yuqtirishning ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkin, dedi AQShning Kasalliklarni nazorat qilish bo‘yicha markazi rahbari Entoni Fauchi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Barcha chet el fuqarolariga Rossiyaga kirish taqiqlanadi

"Xitoyliklar mamlakatni shunchaki yopib qo‘yishdi... Ular cheklovlarni olib tashlab, normal hayotga qaytishni boshlashi bilan kasallikning ikkinchi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkin. Umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi", - dedi Fauchi ABC telekanali efirida.

Qo‘shma Shtatlardagi pandemiya ehtimoli haqida gapirganda, ekspert bu bir necha oy davom etishi mumkinligini ta’kidladi - bu asosan kasallik tarqalishidagi "nazorat choralarining samaradorligi"ga bog‘liq.

"Kasallik bir necha haftadan bir necha oygacha davom etadi. Agar dinamika qanday bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsangiz, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarang. Xitoyda u eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi va endi pasaymoqda. Bir necha kun oldin infeksiyaning atigi 11 ta holati qayd etilgan, bu oldingi davr bilan taqqoslaganda juda oz", - dedi Fauchi.

Maski i respiratori - Sputnik O‘zbekiston
Qanday niqob viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?

Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ichki harakatni cheklash masalasi, restoranlar faoliyatidagi cheklovlardan farqli o‘laroq, jiddiy ko‘rib chiqilmagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 virusini avj olishini pandemiya deb e’lon qildi. Hozirda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan bemorlangan kishilarning umumiy soni 167 511 nafarni tashkil qilmoqda.

Xitoy chegarasidan tashqarida COVID-19 dan 848 inson vafot etgan. Dunyo bo‘yicha o‘limlar soni 6 606 taga yetgan, shulardan 3388 tasi - XXR tashqarisidagi holatlar.

Virus 151ta davlatni qamrab oldi.

Yangiliklar lentasi
0