Jamiyat

Qanday niqob viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?

© spygatesMaski i respiratorы
Maski i respiratorы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Himoya niqoblarining qanday turlari bor, ulardan qaysi biri koronavirusdan himoya qilishga qodir va niqoblardan qachon va qayerda foydalanish kerak – ushbu va boshqa savollarga javoblar.

Koronavirus boshlangan Uxan shahrida suratga olingan barcha foto va videolarda epidemiyaning birinchi kunlaridanoq odamlar ommaviy tartibda himoya niqoblarida yurganini koʻrgan edik. Maqola ochiq manbalardan olingan maʼlumotlar asosida tayyorlandi.

Tibbiyot niqoblari  

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tibbiyot niqoblarini taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin. Eʼtibor bering, faqat “cheklashi mumkin”  deyilgan, “toʻliq himoya qiladi”- deyilmagan. Shaxsiy havo tozalash vositasini tanlaganda ularning turi va klassiga eʼtibor berish kerak. 

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishOddiy tibbiyot maskasi
Qanday niqob viruslardan yaxshiroq himoya qiladi? - Sputnik Oʻzbekiston
Oddiy tibbiyot maskasi

Tibbiyot mutaxassislarining aytishiga qaraganda, eng oddiy toʻrtburchak tibbiyot niqoblarining himoya darajasi unchalik katta emas.

- Maska har bir virusni ushlab qola olmaydi, lekin mayda suv va soʻlak tomchilari, changdan himoya qilish mumkin. Aslida viruslar ham havoda alohida uchib yura olmaydi, aksariyat hollarda ular soʻlak yoki chang bilan birga “sayohat qiladi”, - deydi virusolog Aleksandr Lukashev.

Eng oddiy toʻrtburchak maskalarning kamchilik tomoni shunda-ki – ular odam yuziga yaxshi yopishib turmaydi, boʻshliqlar koʻp boʻladi. Ikkinchidan ularning himoya qilish muddati juda qisqa – 2 soat. Shu muddatdan soʻng ularni almashtirish kerak.

Anatomik himoya niqoblar inson yuzi profilishi takrorlash xususiyatiga ega boʻlib, jagʻ va burun shaklini toʻliq takrorlaydi va ochiq hududlar qoldirmaydi. Anatomiq niqoblar oddiy maskaga nisbatan havoni uzoqroq vaqt davomida va 20-30 %ga samaraliroq tozalashi mumkin.

Respiratorlar

Respiratorlar - bir necha qavatli qalin va maxsus materiallardan ishlab chiqariladi. Ehtiyoj boʻlmaganda ularni taqish tavsiya etilmaydi, chunki ular respirator orqali nafas olish oson emas, kishining yuzi terlashi, baʼzan havo yetishmasligini his qilish mumkin. Koʻnikish talab qilinadi. 

Respiratorlardan, odatda, qurilish sohasida chang, tsement, steklovata, kraska va turli gazlardan himoya maqsadida foydalaniladi. Respitartorlar xalqaro standart boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi. Shuningdek respiratorlar klapanli va klapansiz boʻladi.

FFP1 (yoki N95) - 80 % himoya 

Bu yirik chang va tsement va boshqa jismlardan himoya qilishga qodir. FFP1 guruhi - havo ifloslanish darajasi 4 PDKgacha boʻlgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni tozalash samaralilik darajasi – 80 %ni tashkil qiladi.

FFP2 guruh - 94 % himoya

FFP2 guruhi – kichik chang zarrachalari, kichik aerozol tomchilari, koʻmir changi, elektrosvarka zararli moddalarini ushlab qoladi. Rossiya GOSTi boʻyicha 12 PDKgacha boʻlgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi– 94 %ni tashkil qiladi.

© spygatesRespiratorы klassa FFP2
Qanday niqob viruslardan yaxshiroq himoya qiladi? - Sputnik Oʻzbekiston
Respiratorы klassa FFP2

FFP3 guruhi - 99 % himoya  

Ushbu guruh respiratorari toksik chang, asbest, radioaktiv chang, bakteriya va viruslar hamda mogʻor urugʻlarini ushlab qolishga qodir. Rossiya GOSTi boʻyicha 30 PDKgacha boʻlgan ifloslanishidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi– 99 %ni tashkil qiladi.

Necha soat taqish mumkin?

Havo iflosligi va foydalanish sharoitiga qarab maskalardan 2 soatdan 8 soatgacha foydalanish mumkin. Eng oddiy maskalar har 2 soatda almashtirilishi kerak.

© spygatesRespirator klassa FFP3
Qanday niqob viruslardan yaxshiroq himoya qiladi? - Sputnik Oʻzbekiston
Respirator klassa FFP3

Klapanli maskalar foydalanish davomiyligini uzaytiradi, chunki klapan odam ichidan chiqayotgan nam havoni tez tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Buning natijasida  maska uzoq vaqt quruq turadi va havoni filtrlash xususiyati yuqori darajada saqlanib qoladi.

Koʻpchillik nam doka changni yaxshi ushlab qolishini biladi, lekin niqob xususida bunday qoida amal qilmaydi. Chunki maskalar chang zarrachalarini mexanik uslubda (toʻr sifatida) emas, balkim elektrostatik uslubida ushlab qoladi. Yaʼni chang zarrachalari maxsus membranaga yopishib qoladi. Membrana namlanishi esa uning samaradorligini kamaytiradi.

Himoya maskalaridan qachon va qayerda foydalanish kerak?

Ochiq havoda, atrofda odam kam boʻlsa niqobdan foydanish shart emas, virusning oʻzi bunday vaziyatda tez qurbon boʻladi. Bunday vaziyatda niqob nafas olishni qiyinlashtiradi, xolos.

Xona ichida va yaqin 1-2 metr masofada gripp va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallangan, yoʻtalayotgan  odamlar bor joyda niqobdan foydalanish kerak.

Ha aytmoqchi, bunday respiratorlar aptekada emas, qurilish mollari doʻkonlarida sotiladi!

 

Yangiliklar lentasi
0