Barcha chet el fuqarolariga Rossiyaga kirish taqiqlanadi

© © SputnikPogranichniy punkt, arxivnoe foto
Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 18-mart soat 00:00 dan boshlab 2020-yil 1-mayga qadar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarga Rossiya hududiga kirish taqiqlanadi.

TOShKENT, 16 mar – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati qaroriga asosan 18-martdan boshlab barcha chet el fuqarolariga Rossiya hududiga kirish taqiqlanadi. Bu haqida Hukumat portalida xabar qilingan.

Davlat xavfsizligini ta’minlash, aholi sog‘ligini himoya qilish va koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida, xalqaro qonunchilik normalariga asosan, Rossiya Federatsiyasi tomonidan 2020-yil 18-mart soat 00:00 dan boshlab 2020-yil 1-mayga qadar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslaga Rossiya hududiga kirish taqiqlanadi, - deyilgan qarorda.

Ushbu munosabat bilan, Rossiya bosh vaziri bugun Belorussiya bosh vaziri Sergey Rumas, Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadov, Armaniston bosh vaziri  Nikol Pashinyan, Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin, Qirg‘iziston bosh vaziri Muxammedkalim Abilg‘oziyev, Tojikistan bosh vaziri Koxir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon suhbatlari o‘tkazdi. 

Ushbu ta’qiq diplomatik vakolatxona vakillari, konsullik bo‘limlari vakillari, xalqaro avtomobil harakati haydovchilari, halqaro aviakompaniyalar uchuvchilari, xalqaro temiryo‘llar xodimlari, rasmiy delegatsiyalar vakillari, Rossiyada doimiy yashaydigan fuqarolar hamda tranzit yo‘lovchilarga taaluqli bo‘lmaydi, deyilgan xabarda.  

 

Yangiliklar lentasi
0