Rossiya shantajga duch keldi: Vashington va Ar-Riyod nega RFga bosim o‘tkazmoqda

© AP Photo/Evan VucciPrezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone
Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni shoshilinch ravishda neft qazib olishning yanada oshirilishini e’lon qildi (bu safar - kuniga 13 million barrelgacha), AQSh esa - Rossiya kompaniyalariga bosimni oshirish yo‘llarini izlayotganin. Natijada, ko‘tarilayotgan neft narxi va rubl yana qadrsizlandi.

Aleksey Muxin

Neft bozoridagi narxlarining pasayishi Rossiyaga qarshi yangi bosimlarni keltirib chiqardi.

Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli oyoqlar bilan "salomlashishmoqda" - OPEKdagi uchrashuvdan video

Saudiya Arabistoni shoshilinch ravishda neft qazib olish hajmi yanada oshirilishini (bu safar - sutkasiga 13 million barrelgacha), AQSh esa - Rossiya kompaniyalariga bosimni oshirish yo‘llarini izlab ko‘rishini e’lon qildi. Natijada, ko‘tarilayotgan neft narxi va rubl yana qadrsizlandi.

Ar-Riyod va Vashington neft narxlari va valyuta kursi bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda manipulyatsiya qilib, shantaj yo‘li bilan Moskvani global energiya bozoridan siqib chiqarishga va Rossiyaning o‘zida siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, OPEK+ bitimining buzilishi, saudiyaliklar mamlakatimizga qo‘ygan ultimatumdan boshlangan edi. Davlatimiz manfaatlariga zid bo‘lgan - neft ishlab chiqarish hajmini yanada qisqartirish bo‘yicha talablar ilgari surilgan edi. Aslida, bu shantaj edi: yo siz bizning shartlarimizni bajarasiz, yoki biz bozorni qulatamiz.

Rossiya ultimatumni qabul qilishdan bosh tortgach, Saudiya Arabistoni darhol ishlab chiqarishni kuniga 12,3 million barrelga oshirishini e’lon qildi va bu aynan shu holat bozorni qulatdi.

Rossiya, koronavirus ta’siri tufayli, talabga o‘rta muddatli bosim mavjudligini hisobga olgan holda sheriklar bilan murosa qilishga tayyor edi. Ammo shantaj Rossiya uchun aslo nomaqbul. Rossiyaga shantaj o‘tmaydi.

Koronavirus OPEKni izdan chiqardi: Rossiya va neft birlashma o‘rtasidagi munosabat keskinlashdi

Rossiya uch yil avval bozorni barqarorlashtirish uchun kelishuvga rozi bo‘lgan edi. Muayan nuqtada, ushbu bitim ijobiy rol o‘ynadi ham. Ammo kelishuvning keyingi uzaytirilishi, shunga olib kelgandiki, biz saudiyaliklar bilan birgalikda bozordan arzonroq neftni chiqarib tashlab, uni qimmatroq turadigan amerika slanes nefti bilan almashtirardik. OPEK+ ishlab chiqarishidagi pasayish butunlay (va juda tez) Amerika ishlab chiqarishining o‘sishi bilan qoplandi (2016 yilda slanes sanoati bankrot bo‘lish arafasida turganiga qaramay). Bir vaqtlar saudiyaliklar rossiyalik muzokarachilar (Energetika vazirligi)ni shartnomani uzaytirish zarurligiga ishontirishgan edi. Bu Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining IPO (ya’ni aksiyalarni joylashtirish)sini qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘lgan. Natijada bitim uzaytirildi va IPO muvaffaqiyatli yakunlandi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni Saudi Aramco kompaniyasining aksiyalari narxini qo‘llab-quvvatlash kafolatlariga ko‘ra investorlarga foizsiz kreditlar taqdim etdi (eslash kerakki, bitim amalga oshirilmaganligi sababli aksiyalar o‘n foizga tushdi, shundan so‘ng savdo to‘xtatilgan).

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

Shartnoma amalda bo‘lganida, Saudiya Arabistonining budjet taqchilligi 2016-yildagi YaIMning 12,9 foizidan 2019-yilda YaIMning 3,8 foizigacha tushdi (IHS Markit ma’lumotlariga ko‘ra). Infratuzilma, turizm va inson kapitaliga yirik sarmoyalar kiritish orqali neftga qaramlikni kamaytirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish bo‘yicha strategik dastur ishga tushirildi.

Biroq, OPEK+ bitimining amal qilishi davomida Amerikaning slanes ishlab chiqarishi yana ijobiy tomonga ko‘tarildi. Eksport infratuzilmasini yaratish tugallandi. G‘arbiy agentliklar fikriga ko‘ra, OPEK+ ishlab chiqarishni cheklash AQShning slanes ishlab chiqaruvchilari uchun bir necha marotaba najot omili bo‘lib, ularga pasayishda omon qolish va keyin o‘sishga qaytish imkonini berdi.

Citigroup tahlilchilari 2023-yilga kelib Permian eng yirik neft konida qazib olish 60 foizga o‘sishini taxmin qilishgan edi. Va ushbu basseynning o‘zi, Saudiya Arabistonidan tashqari, barcha OPEK a’zolariga qaraganda ko‘proq neft berishi kerak edi.

AQSh va saudiyaliklarning ushbu barcha yutuqlari Rossiyaning OPEK+ bitimida ishtiroki tufayli ro‘y bergan edi. Nima uchun aynan hozir ushbu ultimatum ilgari surildi? Saudiya Arabistonining xatti-harakatlaridagi keskin burilish nafaqat Vashington bilan kelishilgan, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmadir. Amerika ma’muriyati rasmiylarining ko‘p sonli bayonotlarigina emas, balki moliya vaziri Mnuchin tomonidan Rossiya elchisining chaqirib olinishi va misli ko‘rilmagan da’vo qilinishi shundan dalolat beradi. Mnuchin Rossiya elchisidan Rossiya bozorlarni barqarorlashtirish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerakligini, ya’ni saudiyaliklar shartlari asosidagi bitimga qaytishini ochiq talab qilgan edi. Shu bilan birga, nimagadir hech kim Amerika moliya vazirligiga Saudiya Arabistoni elchisini chaqirmadi.

Nefteprovod Drujba v Gomelskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxlari urushi: G‘arb ekspertlari g‘olibni bashorat qilishdi

Bu yerda bir necha marotaba OPEKni javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgan Tramp bayonotlarini eslash o‘rinli. Bundan tashqari, Amerika prezidenti o‘zini 2018-yilda yo‘qdan paydo bo‘lib qolgan NOPEC qonuni "Neft ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar kartellariga yo‘q" qonuni tarafdori, deb atardi. Shu bilan birga, Mnuchin oldiga chaqirilish, aslida, Rossiyani kartel bitimiga qaytishga majburlashga urinishdir.

Taxmin qilish mumkinki, Saudiya arabistonlik birodarlar ultimatum qo‘yib, Rossiya rad javobini berishga jur’at etmasligiga amin edi. Nafaqat bozor/iqtisodiy, balki siyosiy sabablarga ko‘ra ham. Ular Rossiya rahbariyati eng muhim konstitutsiyaviy tuzatishlarni qabul qilish jarayoni fonida, neft narxining pasayishi va rublga bo‘ladigan bosim tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy beqarorlik tahdidi ostida Rossiya bitimdan bosh tortmaydi, deb hisoblashgan va bunga amin bo‘lishgan.

Shantajning ma’nosi nimada? Yo siz Amerika slanes neftini subsidiyalashda davom etasiz, yoki biz bozorni qulatamiz va bu nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Saudiyaliklar bu yerda Amerika manfaatlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri lobbistlari sifatida ish ko‘rmoqda, AQSh esa ushbu holatda ichki siyosiy jarayondan bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanib, Rossiyaning ichki siyosatiga deyarli ochiqchasiga aralashmoqda.

Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy RF Vasiliy Koltashov  - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi neft narxining keskin pasayishidan keyin global bozorni nima kutayotgani haqida

Mnuchinning reaksiyasi jazavani eslatadi. Bugungi kunga qadar, saudiyaliklar ham, yaqin vaqtgacha AQSh iqtisodiy o‘sishining drayverlaridan biri bo‘lgan Amerika slanes sanoati ham saylovlar poygasida Trampning qo‘lidagi kuzir kartalaridan biri bo‘lgan edi va hozirdaham  o‘ta zaif holatda. Ular uchun "slanes inqilobi" slanes falokatiga aylanishi bilan tahdid qilmoqda. Wall Street Journal ta’kidlashicha, "qarzdorlikka botgan o‘nlab kompaniyalar, shu jumladan, Chesapeake Energy Corp. va Whiting Petroleum Corp. kompaniyalari, neft narxlari tushguniga qadar ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishgan. Endi ularning aksiyalari jadal pasaymoqda, soha yetakchilarida kapitallashtirish 30-50% ga kamaydi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilda narxlar keskin tushishi bilan bog‘liq vaziyatdan farqli o‘laroq, AQSh moliya sektori hozirda slanes neft kompaniyalariga yordam bermaydi, chunki u past dividendlar tufayli ushbu sohaga qiziqishni yo‘qotgan. Kichik kompaniyalar esa  haddan tashqari ko‘p kreditlar tufayli ommaviy bankrotlikka duch kelish xavfi ostida.

Neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Amerikaning "neft mo‘’jizasini" bo‘g‘ib qo‘yadigan kuch kim?

Hozirda AQSh ma’muriyati slanes ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralarini muhokama qilmoqda, ammo bunday choralar Amerikadagi iqtisodiy va siyosiy sohadagi yirik vakillarning jiddiy qarshiligiga duch kelmoqda. O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni juda jiddiy budjet taqchilligiga duch kelishi mumkin, bu nafaqat shahzoda Muhammadning ambitsiyali islohotlariga chek qo‘yishi, balki mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka tahdid solishi mumkin. Aksariyat G‘arb ekspertlari bu vaziyatdan saudiyaliklarga qaraganda Rossiyaning g‘alaba bilan chiqishi ehtimoli ko‘p, deb hisoblashmoqda. Biroq, bu bir necha kun yoki hatto bir necha oyga cho‘ziladigan ham masala emas, Saudiya tomoni konstruktiv muloqotga qaytmasa, albatta.

Rossiya ham o‘z navbatida bunday muloqotga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0