TOShKENT, 5 mar — Sputnik. OPEK Bosh kotibi Muhammad Barkindo Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak bilan uchrashuv vaqtida an’anaviy qo‘l bilan ko‘rishishni hazil tariqasida oyoq bilan "salomlashishga" almashtirdi.
👀😀#OPEC #JMMC pic.twitter.com/74JLW2XPhl
— OPEC (@OPECSecretariat) March 4, 2020
Salom-alikning yangi usuli OPEK rasmiy sahifasida e’lon qilingan.
Kadrlarda ko‘rinib turibdiki, ko‘rishishning yangi usulida ikkala tomon tovonlarini bir-biriga tekkizishi lozim. Videoda tadbir ishtirokchilari bir-birlarini tabassum bilan shunday qarshi olganliklari tasvirlangan.
Sal oldin Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer kansler Angela Merkelning qo‘lini siqishdan bosh tortgan edi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ham koronavirus tufayli endilikda mukofotlarni qo‘lqopda topshirmoqda.