Bir necha kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdog‘an muzokaralar o‘tkazishdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi Suriyaning Idlib shahridagi vaziyat bo‘ldi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi va xavfsizlik yo‘lagini yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.
Harbiy ekspert Viktor Baranesning aytishicha, Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasida tuzilgan Kreml bitimi qanday ish berishini tez fursatda baholash mumkin bo‘ladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyat "ehtiyotkorona optimizmga" ilhomlantiradi va urushni to‘xtatish oson kechmaydi, shuning uchun Rossiya va Turkiya prezidentlari o‘rtasidagi yaqinda imzolangan kelishuvlardan shoshilinch xulosalar chiqarish kerak emas.
"Suriyadagi urush - bu mashinangizni o‘t olish kalitini o‘zingiz tomonga burab, mashinani o‘chirish degani emas. Har bir urush qaynab turgan elektr choynakka o‘xshaydi. Uni o‘chirgan taqdiringizda ham, u hali bir muncha vaqt ishlaydi va juda sekin soviydi", - dedi harbiy ekspert Sputnik radiosiga bergan intervyusida.
Baranes, aksariyat jurnalistlar, aniq qiyinchiliklarga shama qilgan holda Putin va Erdo‘g‘on "navbatdagi bor urushni to‘xtatishgani" haqida istehzo bilan yozayotganliklarini qo‘shimcha qildi.
Ekspertning o‘zi esa sarhisob qilishga shoshilmayapti, chunki Suriyadagi ko‘pchilik bu urush davom etishini xohlaydi. Bularning barchasi Erdo‘g‘onning bir necha marta NATOga o‘rtaga aralashishga da’vat qilgan murojaati tufayli ham keskin tus olmoqda.
"Bularning barchasi Erdog‘anning NATOni aralashtirishga bo‘layotgan chaqiriqlari tufayli yanada murakkablashmoqda. Menimcha, unga NATO nizomini o‘qib chiqishi uchun berish kerak. U yerda alyans ittifoqdoshlaridan biriga amalga oshirilgan hujum hammaga qilingan hujumni anglatishi yozilgan. Bugungi kunda hech kim turklarga hujum qilmadi, lekin Erdog‘an yordam so‘ramoqda. Umuman olganda, alyans bunga quruq deklaratsiyalar darajasida munosabat bildirdi",- dedi Baranes.
Harbiy ekspertning to‘liq sharhini radio podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.