Putin va Erdog‘an Idlibda urushni to‘xtatishga kelishib olishdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tursii R. Erdoganom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tursii R. Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Turkiya 2017-yildan deeskalatsiya hududlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga va 2018-yilgi Sochi memorandumiga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on olti soat davom etgan muzokaralardan so‘ng Suriyaning Idlib viloyatida zarbalar berishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tursii R. Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdog‘an uchrashuvining natijalari ma’lum bo‘ldi

Kelishuv loyihasi ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari tomonidan e’lon qilindi.

Idlib deeskalatsiya hududida janglar 6-mart kuni yarim tunida tugashi kerak. Bundan tashqari, Moskva va Anqara M-4 avtomagistrali bo‘ylab, uning shimoliy va janubidan olti kilometr masofada xavfsizlik yo‘lagini tashkil qiladilar va ushbu hududda 15-martdan birgalikda patrullash boshlanadi.

Rossiya va Turkiya, shuningdek, ilgari tuzilgan kelishuvlarga - 2017-yildan deeskalatsiya hududlarini yaratish bo‘yicha kelishuvga va 2018-yilgi Sochi memorandumiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.

Moskva va Anqara, shuningdek, har qanday bahonada oqlab bo‘lmaydigan terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashishga qat’iy qarordaliklarini ta’kidladilar. Tomonlar Suriyadagi mojaroning harbiy yechimi yo‘qligiga kelishib oldilar va SAR suverenitetiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.

Umumiy qarashlar

Rossiya prezidenti turkiyalik hamkasbiga Moskvaga tashrif buyurish va "munosabatlarimizni tasdiqlashi" qarori uchun minnatdorchilik bildirdi.

Moskovskix Kreml  - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdog‘an muzokaralarining dastlabki tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Putin shuningdek, Moskva Suriyada bo‘layotgan voqealarni baholash borasida Anqara bilan har doim ham rozi bo‘lmasligini, ammo muhim lahzalarda mamlakatlar o‘zaro umumiy til topishganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Rossiya rahbari terrorizmga qarshi kurash zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Turkiya Suriyadagi mojaroni hal qilish uchun Ostona formatini saqlashdan manfaatdor.

Javob berish huquqi

Turkiya Suriya hukumat kuchlarining harakatlariga javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi,- deb Erdo‘g‘on Putin bilan muzokaralardan so‘ng ta’kidladi.

Shu maqsadda Turkiya allaqachon Idlibga qo‘shimcha kuchlar yuborgan.

Erdo‘g‘on, shuningdek, Anqara "suriyalik qochqinlarga o‘z vatanlariga qaytish masalasida yordam berishni zimmasiga olishga" va’da bergan.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tureskuyu Respubliku - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an nufuzli delegatsiya bilan Moskvaga yetib keldi

"Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasidagi kelishuvlar prinsipial xususiyatga ega. Ularning texnik jihatdan amalga oshirilishi – bu mutlaqo boshqa masaladir, bu juda qiyin masala. Putin va Erdo‘g‘on mojaroning barcha tomonlarning javobgarligini o‘z zimmalariga olganlar va bu juda xavfli ... Idlibdagi harbiy mojaroning boshqa tomonlari Putin va Erdo‘g‘onning maslahatiga amal qilishiga kafolat yo‘q. Ammo bizning qurolli kuchlarimiz vaziyatni birgalikda nazorat qilishlari juda katta ahamiyatga ega - agar istak bo‘lsagina, hatto eng qiyin masalalarda ham kelishish mumkinligini namoyish etadi ... Kelishuvga erishish – bu muvaffaqiyatli va juda o‘z vaqtida qabul qilingan qaror, Putin va Erdo‘g‘on siyosiy vositalar tugamaganligini isbotladilar", - dedi Aleksey Podberezkin, MGIMO Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori, tarix fanlari doktori.

Idlibda keskinlashuv

Suriyaning Idlib provinsiyasida vaziyat 27-fevral kuni, shu provinsiyasi hududini nazorat qilayotgan terrorchilar SAR qo‘shinlariga hujum qilganda keskinlashdi. Suriya hukumat armiyasi javob zarbalarida jangarilar safida hujum qilayotgan 36 nafar turk askari haloq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0