TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyib Erdog‘an amerikalik hamkasbi Donald Trampdan Idlibdagi harbiy operatsiya munosabati bilan yordam so‘radi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Avvalroq AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jeyms Jeffri Vashington Anqaraga o‘q-dori yetkazib berishda yordam berishga tayyorligini aytgandi.
“Men bunday so‘rovlarni janob Trampga yuborganman” - dedi Turkiya rahbari jurnalistlarning tegishli savoliga javoban.
Idlibda vaziyat “Hayat Tahrir ash-Shom”* terrorchilari 27-fevralda Suriya hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujumni boshlagandan keyin keskinlashdi. Asad armiyasi javob o‘ti ochdi. Shu qatorda bu yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turklar ham bombardimonga uchradi.
Natijada 36 nafar turk askari halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Shundan so‘ng Rossiya tomoni darhol Suriya kuchlari tomonidan o‘t otishni to‘liq to‘xtatish choralarini ko‘rdi va halok bo‘lganlar va yaradorlarni Turkiyaga xavfsiz evakuatsiya qilinishi ta’minlandi. Mudofaa vazirligi Rossiya aviatsiyasidan ushbu hududda foydalanilmaganligini ta’kidladi.
Shu kuni Anqara Suriyaga qarshi “Bahor qalqoni” harbiy operatsiyasini boshladi. Turkiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha vaqtdan beri Suriyaning uchta samolyoti, sakkizta vertoloti, uchta dron, 151 tank, 47 artilleriya quroli, 52 ta ko‘p stvollik raketa uskunalari, 8 ta havo mudofaasi tizimi, 12 ta tankga qarshi qurol, 51ta zirhli mashina, 60 ta harbiy texnika, o‘nta o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi; 3138 suriyalik askar “zararsizlantirildi”.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya Suriyaning Idlib atrofidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha bir qator muhim majburiyatlarni bajara olmaganligini aytgan edi. Xususan, u siyosiy jarayon doirasida hukumat bilan muloqotga tayyor bo‘lgan qurolli muxolifatni terrorchilardan ajratmadi.
Shunday qilib, 2018-yil 18-sentabrdagi prezidentlar Putin va Erdog‘an uchrashuvida Rossiya-Turkiya memorandumida kelishilgan turk harbiylarining joylashtirilishining mavqeyi saqlanib qolishi aytilgan, faqat 2018-yil 15-oktabrgacha deeskalatsiyaning Idlib zonasidan barcha terroristik radikal guruhlar chiqarilishi sharti bilan. Shuningdek, ushbu hudud chegaralarida “harbiy harakatlarning barqaror to‘xtatilishini ta’minlash uchun samarali choralar ko‘rilishi”ga kelishilgan. Memorandumning 7-bandida ushbu hududda Rossiya-Turkiya qo‘shma patrullari amal qilishi ko‘zda tutilgan.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.