Putin va Erdog‘an uchrashuvining natijalari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tursii R. Erdoganom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tursii R. Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Idlibda o‘t ochishni bekor qilish rejimi kuchga kiradi, Rossiya va Turkiya M4 trassasini birgalikda nazorat qiladi.

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Kecha Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyip Erdog‘anning muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi. Olti soat davom etgan muzokaralar ikkala tomon uchun ham oddiy bo‘lmadi. Ularning natijalari bilan batafsil RIA Novosti materialida tanishib chiqamiz.

Moskovskix Kreml  - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdog‘an muzokaralarining dastlabki tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Dastlabki va eng asosiy natija – bu Idlibda tinchlik o‘rnatishga kelishib olindi. 5-martdan 6-martga o‘tar kechasi Idlibda o‘t ochishni bekor qilish tartibi kiritiladi.

Ikkinchidan, Suriya armiyasi o‘zining hozirgi pozitsiyalarida qoladigan bo‘ldi. Ya’ni M5 trassasi bo‘ylab to‘liq nazorat endi Turkiya hukumatiga o‘tdi.

Uchinchidan, Suriyadagi Aleppodan Latakiyaga boruvchi M4 trassasidan janub va shimolga kengligi 6 kilometr bo‘lgan xavfsizlik koridori tashkil qilinadi. Rossiya va Turkiya 15-martdan boshlab M4 trassasi bo‘ylab birgalikda patrul nazorati o‘rnatadi.

To‘rtinchidan, Turkiya tomonidan oldin turli agressiv bayonotlar bilan chiqishiga qaramasdan, muzokaralar davomida hech qanday ultimatum qo‘yilmadi. Bu, Turkiya Suriya muammosini hal qilishda  Rossiyaning ishtirokini to‘liq qabul qilishidan darak beradi.

Va beshinchidan, ushbu muzokaralar bo‘lib o‘tishi va ijobiy natija bilan yakunlanishi -  hech qanday tashqi kuchlar Moskva va Anqarani urishtira olmasligini ko‘rsatdi. Buni yana bir muhim yutuq deyish mumkin.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tureskuyu Respubliku - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘an nufuzli delegatsiya bilan Moskvaga yetib keldi

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Ostona shahrida Rossiya, Eron, Turkiya va Suriya orasida erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, Suriya hududi 4ga bo‘lingan edi. 2018-yil davomida ulardan 3tasi Damashq nazorati ostiga o‘tdi. Idlib viloyatida joylashgan 4- hudud esa haligacha terrorchilar qo‘l ostida qolmoqda.

2018 yilning sentabr oyida Rossiya va Turkiya Idlibda demilitarizatsiya qilingan hudud tashkil qilishga kelishib olishgan edi. Lekin Turkiya Sochida kelishilgan Suriya bo‘yicha tinchlik shartnomasining bir necha bo‘limlarini bajara olmagan. Xususan, Idlib hududidagi qurollangan muxolifat guruhlarini terrorchilardan ajratib olmagan.

Vaziyat keskinlashishiga, 27-fevral kuni "Xayat Taxrir ash-Sham" terrorchilar guruhi Suriya qo‘shinlariga yirik masshtabli hujum boshlagani sabab bo‘lgan edi. Suriya armiyasi bunga javoban jangarilar joylashgan hududlarni o‘qqa tutgan. Ushbu otishmada 36 nafar turkiyalik harbiylar qurbon bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, jangarilar joylashgan hududda Turkiya askarlari bo‘lmasligi kerak edi. Shundan so‘ng Turkiya dronlar to‘dasidan foydalanib Suriya armiyasining bir necha nishonlarini yo‘q qilgan. Rossiya harbiylari ushbu to‘qnashuvlarda ishtirok etmagan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0