Pentagon nima uchun O‘zbekiston poligonlariga qaytmoqda?

Obuna bo‘lish
Suveren va mustahkamlangan O‘zbekistonning xom-xayollari yo‘q, ammo sheriklar bilan pragmatik munosabatlarda.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hududida o‘tkazilgan qo‘shma mashg‘ulotlarda O‘zbekistonning ham qatnashishi bilan, Vashington Toshkent bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni avvalgi darajaga - 2000-yillarning boshlarida, respublikada Xonobod Amerika aviabazasi joylashgan paytga qaytarishga intilmoqda. Biroq, o‘sha vaqtdan beri ko‘p narsa o‘zgardi. Suveren va mustahkamlangan O‘zbekiston xayollarga berilmagan yoki geosiyosiy manfaatlarni kutmaydi va sheriklar bilan faqatgina pragmatik munosabatda, deydi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.

Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon AQShning Rossiyadan ustunligiga "putur yetganini" tan oldi

2 mart kuni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) harbiy xizmatchilari Forish tog‘ tizmasida sakkiz kunlik "Yengilmas soqchi" mashqlarini yakunladilar. Tadbirning maqsadi "ikki mamlakat xavfsizligi sohasida hamkorlikni kuchaytirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatlarga qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlikni takomillashtirish". Mashg‘ulotlar muhimligi okean ortida joylashgan - Florida shtatidagi Makdill aviabazasida joylashgan CENTCOM shtab-kvartirasining uzoqdan qatnashishi bilan tasdiqlanadi.

AQShning Toshkentdagi elchisi Daniyel Rozenblum: "Bizning O‘zbekiston bilan harbiy hamkorligimiz o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlarga asoslanadi. O‘quv dasturlari va qo‘shma javob mashqlari ... bizning xavfsizlik borasida sherikligimizning chuqurligi va kengligini ko‘rsatdi".

AQSh qurolli kuchlari har yili AQSh Qurolli Kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi ma’suliyati hududidagi - Yaqin Sharq, Sharqiy Afrika va Markaziy Osiyoning 20 mamlakatida hamkor davlatlar bilan taxminan 80 ta mashg‘ulotlarda qatnashadilar. Ehtimol, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tashkiliy tajribadan, strategiya va taktika elementlaridan foydalanar ham. Ammo, CENTCOMning qo‘shni Afg‘onistondagi 19-yillik muvaffaqiyatsiz operatsion faoliyatini tarixdan o‘chirib bo‘lmaydi.

Qo‘shma manevrlar

O‘zining harbiy qurilishi va xalqaro terrorchilik tashkilotlarini samarali ushlab turish bo‘yicha o‘zbek tajribasi ishonarliroq ko‘rinadi va ko‘proq jihatdan amerikalik sheriklar uchun foydali bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston armiyasi yangi usullar va qurol-aslahalarga ega bo‘la turib, haqiqiy jangovar tayyorgarlik bilan astoydil shug‘ullanmoqda. O‘zbekiston mudofaa qurilishi sohasida mintaqaviy peshqadam bo‘lib, bugungi kunda Global Firepower dunyo harbiy kuch reytingida Belorusiya va Qozog‘istondan yuqori 52-chi o‘rinda turadi. Pentagonda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligidan o‘rgansa bo‘ladigan narsa bor va ular bu uchun haq olishmaydi. Hamkorlik dinamikasi yaqqol ko‘rinib turibdi.

Militaristskie fantazii SShA: kak Vashington sobirayetsya voyevat s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiya bilan qanday urush qilmoqchi - Pentagon va NATO fantaziyasi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil bahorida Pentagonga tashrif buyurib, u yerda Amerika harbiy idorasi boshlig‘i bilan harbiy-texnik sohadagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Missisipi shtati milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Jenson Boyls boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi 2018-yil kuzida O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga rasmiy tashrif buyurdi. Tomonlar harbiy-texnik hamkorlikni va qo‘mondonlik va shtab darajasidagi harbiy kadrlarni tayyorlash sohasidagi so‘nggi yondashuvlarni muhokama qildilar.

Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqa vakillari 2019-yil yanvar oyida Kemp-Shelbi (AQSh, Missisipi shtati) harbiy bazasida "Janubiy hujum" Milliy gvardiyasining mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va CENTCOM o‘rtasidagi harbiy aloqalar rejasini qo‘mondonlik shtabida (Florida, AQSh) muhokama qildilar.

Shubhasiz, "Yengilmas soqchi" qo‘shma mashg‘ulotlari rejalashtirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishining davomi, biroq O‘zbekistonning ODKB urush o‘yinlariga bir vaqtning o‘zida qaytishi va Toshkentning Moskva bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorligining o‘sib borishi fonida biroz kutilmagan hodisa.

Rossiya O‘zbekistonga eng zamonaviy va samarali qurollarni, jumladan Mi-35M hujum vertolotlarini, Su-30SM 4++ avlodidagi o‘ta-manyovrli qiruvchi samolyotlarini, BTR-82A bronetransportorlarini va radar tizimlarini (12ta shartnoma) yetkazib beradi. Shu bilan birga, Su-30SM ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlari O‘zbekistonga Rossiya davlat eksport krediti hisobidan ta’minlanadi.

Militaristskie fantazii SShA: kak Vashington sobirayetsya voyevat s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiya bilan qanday urush qilmoqchi - Pentagon va NATO fantaziyasi

2016 yilgi davlatlararo kelishuvga ko‘ra, Toshkent ichki narxlarda qurol sotib olmoqda. O‘zbekiston ODKB va Bojxona ittifoqidan tashqaridagi MDHning bunday imtiyozlarga ega yagona davlatdir. Bu mudofaa budjeti taxminan 1,5 milliard dollarga (YaIMning 4 foizi) teng bo‘lgan respublikaga, qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishni jadallashtirishga imkon beradi.

"Markaz-2019" strategik qo‘mondonlik va shtab mashqlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlikning asosi va kuchli ittifoqchilar - Xitoy, Pokiston, Hindistonni jalb qilish markazi ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu fonda AQSh Qurolli Kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi mavqeyi noaniq ko‘rinadi.

CENTCOM xususiyatlari

AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligiga (CENTCOM) 2019-yil mart oyidan general Kennet Makkenzi rahbarlik qilmoqda. Uning boshqaruviga beshta quyi qo‘mondonlik va 20 mamlakatda joylashgan 90 mingga yaqin harbiy xizmatchilar kiradi.

Florida shtatidagi Makdill aviabazasidagi CENTCOM shtab-kvartirasi ma’suliyat sohasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni doimiy ravishda kuzatib boradi, ishonchli kuchlarning tezkor va jangovar tayyorgarligini boshqaradi, harbiy infratuzilmani rivojlantiradi va harbiy operatsiyalarni rejalashtiradi. Markaziy qo‘mondonlik dastlab AQShning Yaqin Sharqdagi manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun (1983 yil 1-yanvarda tezkor kuchlar negizida) tashkil etilgan.

53-ya Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti. Den perviy - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon sobiq rahbari dunyoga eng katta xavf solayotgan mamlakatni aytdi

CENTCOM manzarasiga oid - bu "Sahrodagi bo‘ron" (1991) keng ko‘lamli harbiy operatsiyasi va "Sahro tulkisi" (1998) Iroqqa qarshi, Somalidagi "Umidni tiklash" (1992-1993), "Bukib bo‘lmas erkinlik" ( 2001-yil oktabr oyidan beri Afg‘onistonda, bu erda BMTning (UNAMA) missiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10-yil ichida 100 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan va jabrlangan. So‘nggi yutuqlardan biri – Iroq hududida Eronning yirik harbiy yetakchisi Kassam Sulaymoniyning o‘ldirilishi.

Amerikaliklarning o‘z qit’a xududida xavfsizligini kafolatlamagan holda, 2019-yil oxirida AQSh Prezidenti Donald Tramp Ma’muriyati Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangi strategiyani ishlab chiqdi - Afg‘onistonni Markaziy Osiyoga qayta integratsiya qilish va raqobatchilar - Rossiya va Xitoyning ta’sirini susaytirish. Amerika loyihasi O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi, chunki Afg‘onistonda terroristik tashkilotlarning minglab faol jangarilari, shu jumladan sobiq Sovet Ittifoqi respublikalaridan kelgan muhojirlar mavjud. Markaziy Osiyo Rossiya uchun hayotiy muhim mintaqadir va Moskva bu yerda barqarorlik va xavfsizlikni saqlash uchun ko‘p narsaga qodir.

Yangiliklar lentasi
0